Kovrak o‘simligiga zarar yetkazish yoki nobud qilish qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi!
2024-07-10 15:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tojik kovragidan foydalanish boʻyicha moratoriy joriy etilgan. Maqsad ushbu o‘simlikning tabiiy populyatsiyasini muhofaza qilish, takror koʻpayishi va qayta tiklanishini taʼminlashdir.
Diqqat!
- Qonunchilikka koʻra, oʻsimlik dunyosidan noqonuniy foydalangan shaxslarga nisbatan qat’iy jazo choralari belgilangan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79prim 1-moddasiga ko‘ra, o‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 020 000 – 1 700 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 700 000 – 3 400 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Agar siz yuqoridagi kabi holatlarga guvoh boʻlsangiz, Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 raqamlariga yoki 1157, 1207 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling. Shuningdek, murojaatingizni @ecogovuz_bot telegram boti orqali ham yuborishingiz mumkin.
Unutmang! Atrof-muhitni muhofaza qilishga har birimiz birdek mas’ulmiz.
