audio

    0+
    Xorazmda daraxt ko‘chatlarini parvarish qilmagan mansabdorlarga nisbatan 91 million 800 ming so‘m jarima qo‘llanildi

    Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta ko’chatlarining parvarishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

    Shu paytga qadar mansabdor shaxslar tomonidan ko‘chatlarni parvarish qilmaslik, sug’orilishiga e’tibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlandi. Mansabdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming so'm ma'muriy jarimalar belgilandi.

    Ta'kidlash joizki, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida o‘tqazilgan ko‘chatlar parvarishiga butun respublika bo‘ylab jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Bu holatga mas'uliyatsizlik bilan yondashganlar, albatta, qonunga ko‘ra javobgarlikka tortiladi. 

    Hurmatli yurtdoshlar! Yon-atrofingizda ekilgan ko‘chatlarga aslo befarq bo‘lmang! Bugungi yosh nihol ertaga katta bir daraxtga aylanishiga o‘z hissangizni qo‘shing. Zero tabiatga g‘amxo‘rlik qilish har birimizning burchimizdir.

    • view_icon 152
    : 2024-07-03 12:50:04