Asosiy kontentga o'tish

Zominda 6 tonnadan ziyod chiqindi to'plandi

2024-06-21 19:00:00 / Yangiliklar

Zomin tumanida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Zomin milliy tabiat bog‘i bilan hamkorlikda plogging aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda mahallalar faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi

Plogging aksiyasini o‘tkazish uchun  tumanning Duoba qishlog‘iga kiraverishdagi tog‘ yo‘li tanlab olindi, -  deydi Zomin milliy tabiat bog‘i direktori o‘rinbosari Husniddin Hazratqulov.  – Ushbu tog‘ orqali o'tgan yo'llar Zomin milliy tabiat bog‘iga olib boradigan yagona yo‘l hisoblanadi, dam olish maqsadida kelayotgan aholi asosan shu yo‘ldan harakatlanadi.  Afsuski, ekologiya va atrof-muhit tozaligiga befarq bo‘lgan aksariyat kishilar avtotransport vositalaridan turli chiqindilarni ushbu yo'lga uloqtirishadi va  tabiatga zarar yetkazishadi. Shu sababli jamoatilik vakillari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududda plogging tadbirini o‘tkazib, atrofni chiqindilardan tozaladik.

Plogging davomida 100 ga yaqin ko‘ngillilar tomonidan to'plangan 6 tonnadan ziyod maishiy chiqindilar 2 ta maxsus transport vositasi yordamida chiqindi poligoniga joylashtirildi. Hududdagi maxsus ogohlantiruvchi belgilar qayta ta’mirlandi. Milliy tabiat bog'iga olib boruvchi  yo'l atroflari obodonlashtirildi.

349

Oxirgi yangilanish: 2024-06-21 19:04:47