Qo‘qonda soyga chiqindi tashlagan qoidabuzar jarimaga tortildi
2024-06-10 12:05:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda tezkorlik bilan huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan BHM uch baravari, ya'ni, 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima solingan.
Shuningdek, huquqbuzar bilan kelgusida bunday holatga yo'l qo'ymaslik, aks holda javobgarlikka tortilishi to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Qayd etish joizki, suv havzalari va atrof-muhitning ifloslanishi nafaqat ekotizimlarga, balki inson salomatligiga ham ham ziyon yetkazadi. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash yuqumli kasalliklarning tarqalishiga olib keladi, suvlarni ifloslantiradi, o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltiradi.