O'simlik qoldiqlarini yoqqan 4 nafar fuqaro jarimaga tortildi
2024-05-30 11:50:00 / Yangiliklar
28-may kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
![O'simlik qoldiqlarini yoqqan 4 nafar fuqaro jarimaga tortildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fbb443302-1653-b545-bb0e-6d11506d6b21_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Reyd davomida Buxoro shahri va Shofirkon, Olot, Peshko‘ tumanlarida 4 nafar fuqaro tomonidan o‘simlik qoldiqlari yoqilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJTkning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqarolarga BHMning 14 baravari — 4 million 760 ming so'm jarima qo'llanildi.
Hozirda viloyat bo‘ylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Unutmang! Atrof-muhitni muhofaza qilishga barchamiz birdek mas'ulmiz!