"Green University"da xalqaro ekologik huquq bo‘yicha ochiq ma’ruzalar o‘tkaziladi
2024-05-22 15:25:00 / Yangiliklar

23–24-may kunlari bo‘lib o‘tadigan ma’ruzalarning birinchi turkumi xalqaro ekologik huquqqa bag‘ishlangan. 27–29-maygacha bo'lgan ikkinchi ma'ruza turkumida professor iqlim o'zgarishini boshqarish haqida so‘z yuritadi.
Ma'lumot uchun, professor Randall Abate Jorj Vashington universiteti huquq fakultetining atrof-muhit huquqi bo'yicha dekan o'rinbosari. Qariyb 30 yillik tajribaga ega professor Abate atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi qonunchiligiga ixtisoslashgan.
Ma'ruza talabalar, o'qituvchilar, huquq, xalqaro munosabatlar va tegishli sohalar mutaxassislari uchun ochiqdir. Ma’ruzalar “Green University”da (Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon, Chimkent ko‘chasi) ingliz tilida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun i.mashrabaliev@gmail.com yoki +998909909984 raqamiga telegram orqali yozing.
