Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'iga asosan shu yildan klinik ordinatura mutaxassisliklari bo'yicha kirish imtihonlari...
2024-08-27 09:15:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'iga asosan shu yildan klinik ordinatura mutaxassisliklari bo'yicha kirish imtihonlari ilk bor bir bosqichli test sinovlari asosida o'tkazilishi yo'lga qo'yildi.
Poytaxtimizdagi tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazida talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etildi.
Imtihon jarayoni va nomzodlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida vazirlik mas'ullari mazkur muassasada bo'ldi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada ushbu tadbir tafsilotlari va bu yo'nalishdagi boshqa muhim yangiliklar haqida so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
