Poytaxtimizda "BMTning sil kasalligi bo'yicha Oliy darajadagi uchrashuvi bo'yicha majburiyatlarni bajarish
2024-06-24 18:10:00 / Yangiliklar
O'zbekiston 2026 yil oxiriga qadar OIV, sifilis va gepatit V ning onadan bolaga yuqishini yo'q qilish bo'yicha "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqib, ushbu maqsadga, shu jumladan gepatit V ga qarshi kurashish bo'yicha oraliq maqsadli ko'rsatkichlarga erishish uchun salmoqli ishlar olib bordi.
Immunizasiya bo'yicha Evropa ekspertlarining texnik maslahat guruhi O'zbekiston gepatit V ga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy maqsadli ko'rsatkichlarga erishganini tasdiqladi.
Bugungi tadbirda JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge O'zbekistonning gepatit V ga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy maqsadli ko'rsatkichlarga erishganini tasdiqlovchi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.
Ta'kidlash lozimki, Evropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida ushbu maqsadli ko'rsatkichlarga sanoqli davlatlargina, aniqrog'i, Belarus, Gruziya, Italiya, Qirg'iziston, Niderlandiya, Moldova, Turkmaniston va Buyuk Britaniya erishgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
