Tibbiyot yo'nalishidagi kirish imtihonlarida umumta'lim fanlari bo'yicha sertifikat olganlarga qanday engillik bor?
2024-06-05 14:00:00 / Yangiliklar

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining qo'shma qarori bilan tasdiqlangan ro'yxatga ko'ra, ushbu fanlardan milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan abiturientlarga imtihonlarda imtiyoz taqdim etiladi.
Bu imtiyozni olish uchun kimyo va biologiya bo'yicha umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi milliy sertifikatga ega abiturientning ko'rsatkichi maksimal A+, A (86 va undan yuqori ball) va proportsional holatda V+, V, S+, S (60-85,9 ball) bo'lishi talab etiladi.
"Cambridge International A-LEVEL" sertifikatida "Biology – 9700" va "Chemistry – 9701" bo'yicha maksimal A yoki A* darajalariga ega bo'lgan nomzodlar ham ana shunday imtiyoz oladilar.
Shuningdek, majburiy fanlar bloki doirasida umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi milliy sertifikatga ega bo'lgan abiturientlarga majburiy fan bo'yicha belgilangan eng yuqori ball taqdim etiladi va ular ushbu fanlardan test topshirmaydi.
Ma'lumot uchun, 2024 yil 1 martga qadar umumta'lim fanlari bo'yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qo'llanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
