Tibbiyot yo'nalishida magistratura uchun V2 darajasidagi til sertifikati talabi o'zgarishsiz qoldi
2024-05-28 14:40:00 / Yangiliklar
Prezidentning tegishli farmoniga ko'ra, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar bo'yicha tartibga qisman o'zgartirish kiritildi.

Unga ko'ra:
xorijiy tillar yo'nalishlari bo'yicha – kamida S1 darajasida;
gumanitar, biologik va turdosh fanlar (xususan, tibbiyot), matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko'rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikasiya texnologiyalari ta'lim sohalari bo'yicha – kamida V2 darajasida;
boshqa ta'lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo'yicha – kamida V1 darajasida til sertifikatlari talab qilinadi.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalgi o'quv yillarida ham tibbiyot yo'nalishida magistratura uchun V2 darajasidagi til sertifikati talab qilinar edi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
