7 yoshli Sabrina Jamshidzodaga bir emas, bir nechta tug'ma yurak nuqsonlari tashxisi qo'yilgan
2024-05-24 11:55:00 / Yangiliklar
7 yoshli Sabrina Jamshidzodaga bir emas, bir nechta tug'ma yurak nuqsonlari tashxisi qo'yilgan. Tojikistonlik shifokorlar qizaloqning ota-onasiga farzandini O'zbekiston bolalar milliy tibbiyot markaziga olib borishni tavsiya qilgan.
Bu esa o'zbek tibbiyotiga uzoq-yaqin mamlakatlarda ham katta ishonch bildirilayotganining amaliy tasdig'idir. Aytish lozimki, yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarilib, bemor qizga ettinchi kuni uyiga ruxsat berildi.
Yuqoridagi videolavhada ushbu murakkab operasiya tafsilotlari haqida batafsil so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
