FARG'ONA VILOYATIDA SHIFOXONA QURISH BO'YICHA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHASI TENDERNING IKKINCHI BOSQICHINI O'TKAZISH NATIJALARI
Farg'ona viloyatida xalqaro Moliya korporasiyasi ko'magida 800 o'rinli ko'p tarmoqli shifoxona tashkil etish loyihasi bo'yicha tenderning ikkinchi bosqich ishtirokchilari: 1. "Fouad Alghanim & Sons Group of Companies Holding WLL" (Quvayt); 2. "Meridiam Eurasia 2 SAS" (Frantsiya) va "RNS PPP SOSYAL ALTYAPI A.S."(Turkiya); konsortsiumi; 3. "Plenary Middle East Limited" (BAA); 4. "Tasyapı Insaat Taahhut Sanayi ve Ticaret A.S."(Turkiya); 5. "YDA INSAAT SANAYI VE TICARET A.S."(Turkiya) hamda 6. "KOC CONSTRUCTION MEKANIK ELEKTRIK LLC FE" (O'zbekiston), "SILA GROUP" (Turkiya) va
"Al Gihaz Holding Company" (Saudiya Arabistoni) konsortsiumi e'lon qilindi.
Farg'ona viloyati hokimligining 2025 yil 10 aprelda "Farg'ona viloyatida xalqaro Moliya korporasiyasi ko'magida 800 o'rinli ko'p tarmoqli shifoxona tashkil etish to'g'risida"gi 194-11-0-Q/25-sonli qarori bilan Farg'ona shahrining "Eko-Siti" hududidan Sog'liqni saqlash vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan mazkur loyiha uchun 8 ga er maydoni ajratildi.
Joriy yilning 18 iyun kuni ajratilgan hudud bilan tanishtirish maqsadida, Sog'liqni saqlash vazirligi xalqaro moliya korporasiyasi bilan hamkorlikda Farg'ona shahri "Eko-Siti" hududida loyihaga ajratilgan er maydoni tanishtirildi, taqdimot (prezentasiya) o'tkazilidi, tender hujjatlari ishtirokchilarga tarqatilib, tenderning ikkinchi bosqichi o'tkazildi.
