Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “RAXMATILLAOBOD-MEDICAL” xususiy korxonasi tomonidan ilgari surilgan Davlat-xususiy sheriklik asosida Namangan viloyati Chust tumanidagi sobiq Olmos shifoxonasi hududiy bo‘limida mavjud foydalanilmay turgan 1 qavatli bino o‘rnida 30 o‘rinli tibbiy diagnostika va davolash markazini tashkil etish loyihasini (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi.
Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Kompaniyalar loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini taqdim etishlari so‘raladi.
Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan ilovadagi jadvalni to‘ldirgan holda, 2024-yilning 18-fevralga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Elektron pochta manzili: info@ssv.uz
Telefon raqami: +998 71 203-15-19
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti
Elektron pochta manzili: n.shermuhammad@imv.uz
Telefon raqami: +998 (71) 203-50-50
