Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan, “CHIMYON SHIFO MED TEX FARM” MChJ tomonidan Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani “Yuqori Vodil” QFY “Navro‘z” MFY Nurafshon ko‘chasida joylashgan silga qarshi kurashish “Vodil” bolalar sanatoriysi negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 200 o‘rinli reabilitatsiya markazini tashkil etish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
| Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; | Loyiha konsepsiyasi; |
| Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Tenderda qatnashish, tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflarini 2025-yil 12-may kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak
|
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| elektron pochta manzili: info@ssv.uz |
| Telefon raqami: (71) 203-15-19 (770) |
| Manzil: 100011, Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi 4-uy. |
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz Alisher.Normurodov@imv.uz |
| Telefon raqami: (71) 203-50-50 (01936) |
| Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol ko‘cha 29-uy. |
“DXSh to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
