Stasionar sharoitda davolanayotgan bemorlarning qaysi guruhlari bepul oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta'minlanadi?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi 532-sonli qarori bilan stasionar sharoitda davolash-profilaktika muassasalarida (pullik muassasalardan tashqari) davolanayotganlar ovqatlanish puli to'lashdan ozod qilingan hamda ambulator sharoitda bepul dori-darmon bilan ta'minlanadigan fuqarolar toifasi va kasalliklar ro'yxati aniqlangan.
Stasionar sharoitda davolash-profilaktika muassasalarida (pullik muassasalardan tashqari) davolanayotganda ovqatlanish puli to'lashdan ozod qilingan kasalliklar ro'yxatiga quyidagilar kiradi:
onkologik kasalliklar;
sil kasalligi;
ruhiy kasalliklar;
giyohvandlikka duchor bo'lgan bemorlar - ixtisoslashgan shifoxonalarda;
moxov kasalligi;
nurlanish kasalligi bilan xastalanganlar;
yuqumli kasalliklar;
zahm kasalligi;
Oivini yuqtirganlar (OITS);
shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilishida tasdiqlangan standartlar bo'yicha muhlatlarda reanimasiya va intensiv davolanishni talab etadigan bemorlar;
kamqonlik kasalligining barcha darajalarida homilador va tuqqan ayollar;
endokrinologik kasalliklar.
Stasionar sharoitda davolash-profilaktika muassasalarida (pullik muassasalardan tashqari) davolanayotganda ovqatlanish puli to'lashdan ozod qilingan fuqarolar toifasiga quyidagilar kiradi:
bolalikdan nogironlar;
g'irt etimlar;
I va II guruh nogironlari;
1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari, hamda ularga tenglashtirilganlar;
ijtimoiy ta'minot muassasalarida hisobda turuvchi yakka-yolg'iz pensionerlar;
1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari;
Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar;
baynalminalchi jangchilar;
bolalar va 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar;
mudofaa ishlari bo'yicha bo'limlar yo'llanmalari bilan 18-27 yoshdagi xarbiy xizmatga chaqiriluvchilar.
Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan bemorlarga quyidagi kasalliklarda bepul dori-darmonlar beriladi:
onkologik kasalliklar;
sil kasalligi;
moxov kasalligi;
endokrinologik kasalliklar;
ruhiy kasalliklar;
Oivini yuqtirganlar (OITS);
yurak klapani protezi qo'yilgan va a'zolari ko'chirilgan bemorlar;
o'zgalar qaroviga muxtoj yakka-yolg'iz pensionerlar;
1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari;
1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari, hamda ularga tenglashtirilganlar;
Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar;
baynalminalchi jangchilar;
yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob'ektlarida xarbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
