Xususiy tibbiyot muassasalari
"AKFA MEDLINE" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, kichik halqa yo'li ko'chasi, 5 A
Veb-sayt: www.akfamedline.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@akfamedline.uz
Tel.: (+998) 71-200-30-03, 1141 (coll-markazi)
Klinika 2017 yil tashkil etilgan bo'lib, Evropa, AQSh, Belgiya, Xitoy va Rossiyada ishlab chiqilgan eng so'nggi zamonaviy tibbiy asbob-ukunalar bilan jixozlangan.
Klinika Respublikamizda "Joint Commission International" (JCI) halqaro sertifikatlash kompaniyasidan halqaro akkreditasiyani qo'lga kiritgan birinchi tibbiyot muassasasidir.
Klinika tuzilmasiga 14 xil turdagi davolash-profilaktika markazlari va SPA kompleksi kiradi, ularda tibbiyotning barcha yo'nalishlarida eng zamonaviy tashxislar, bemorlarga konservativ va jarrohlik amaliyotlari o'tkaziladi. Bu erda kosmetologiya xizmatlari ham mavjud.
Kadrlar salohiyati juda yuqori bo'lib, 135 nafardan ortiq shifokorlar faoliyat olib boradi, ularning deyarli barchasi chet davlatlarda malakasini oshirib kelishgan.
Klinikaga kun davomida 500 nafardan ortiq bemorlar ambulator va 150 nafardan ortiq bemorlar stasionar davolanadi, 200 dan ortiq bemorlar dastlab murojaat qiladi.
Klinikada zamon talablariga mos jihozlangan palatalar, konferentsiya zali, restoran, bufet, dorixona, sartaroshxona hamda bog'barpo etilgan. Doimiy videokuzatuv tizimi va qo'riqlash xizmati tashkil etilgan.
Chet ellik fuqarolar uchun o'z ichiga quyidagilarni:
- mehmonxonani bronlash;
- aeroportdan aeroportga bepul trasport tashish;
- Toshkent-Buxoro-Samarqand-Xiva shaharlarga sayohat;
-klinika va shahar atrofiga sayohatlarni tashkil etish;
-barcha tillar bo'yicha malakali gid va boshqa xizmatlarni oladigan maxsus "tibbiy turizm xizmatlari VIP-paket"i mavjud.
"ALMAZMED LINE CENTR" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yakkasaroy tumani, Bog'ibo'ston ko'chasi, 178
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: almazmed.linecentr@mail.ru
Tel.:(+ 998) 71-253-04-26, (+998) 90-590-00-02
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Klinika faoliyatining asosiy yo'nalishi kardiologik va nevrologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolashdan iborat. 2020 yilda klinika koronavirusga chalingan bemorlarni reabilitasiya qilishda faol ishtirok etgan.
Klinikada zamonaviy davolash bilan bir qatorda iglorefleksoterapiya bilan davolash yo'lga qo'yilgan. Bu davolash usuli qadimgi Xitoyda besh ming yil bo'ndan oldin kashf etilgan bo'lib, hozir butun dunyoga tadbiq etilib keng qo'llanilmoqda.
Klinikaning kadrlar salohiyati yuqori bo'lib, 15 nafar malakali mutaxassislar bemorlarga ambulator va stasionar tibbiy xizmatlarni ko'rsatib kelmoqda. Klinikada 34 o'ringa mo'ljallangan palatalarda davolash yo'lga qo'yilgan.
Klinikaning turli xil zamonaviy uskunlar bilan jihozlanganligi bemorlardagi kasalliklarni erta aniqlash va davolash imkonini beradi.
"BIO NUR MED SERVIS" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, katta O'zbek trakt ko'chasi, 16
Veb-sayt: www.bionur.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: bionurmedservis@mail.ru
Tel.: (+ 998) 97-406-11-11
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"Bionurmedservis" O'zbekiston-Ispaniya qo'shma klinikasi 2010 yilda tashkil etilgan bo'lib, kichik muassasadan Evropa standartlari darajasigacha qurilgan keng hududga ega to'liq jihozlangan ko'p tarmoqli klinika hisoblanadi.
Klinika bemorlarga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ambulator va stasionar yordamini ko'rsatadi: terapiya, kardiologiya, urologiya, ginekologiya, xirurgiya, ortopediya, nevrologiya, bolalar nevrologiyasi hamda pediatriya.
Klinikada stasionar bo'limlardan tashqari klinik-bioximik laboratoriya, fizioterapiya bo'limi, massaj xonalari tashkil etilgan. Yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko'rsatish maqsadida Germaniya va AQShda ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalaniladi. Tashxis qo'yishda zamonaviy laboratoriya va diagnostika uskunalari (UTT, EXO, EKG) ishlatiladi.
Klinikada 90 nafardan ortiq xodimlar tibbiy faoliyat olib boradi.
2015 yilda klinika "tibbiy faoliyatga yuqori texnologik uskunalarni tadbiq etgan eng yaxshi nodavlat tibbiyot muassasa" nominasiyasida fahrli 2-o'ringa sazovor bo'lgan.
"DOKTOR D" gospitali
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, usta olim ko'chasi, 15
Veb-sayt: www.doctord.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@doctord.uz
Tel.: (+998) 71-227-30-32, (+998) 71-240-20-38,
(+998) 71-240-45-16, (+998) 78-113-00-57
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"DOKTOR D" gospitali 2012 yilda o'z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda O'zbekistonning eng zamonaviy tibbiyot muassasalaridan biri bo'lib, unda turli kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish bo'yicha keng ko'lamli zamonaviy xizmatlar ko'rsatilmoqda.
Klinika tuzilmasi stasionar bo'limlar, 300 dan ortiq taxlillarni o'tkazish imkoniyatiga ega laboratoriya, muolaja xonalari, massaj va fizioterapiya xonalaridan iborat. Ularning barchasi Evropa standartidagi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Bemorlarni davolashda 15 turdagi mutaxassislik bo'yicha shifokorlar faoliyat olib boradi. Ularning barchasi ko'p yillik ish stajiga ega yuqori malakali mutaxassislardir. Mutaxassislarning aksariyati oliy toifali shifokorlar, tibbiyot fanlari doktorlari va tibbiyot fanlari nomzodlaridir.
Bemorlarning kasalligini tashxislash va davolash jarayonida individual yondashuv, keng ko'lamli tibbiy uskunalardan, yuqori sifatli malaka va tajribadan foydalanish bemorlarda sog'lig'idan tashvishlanmaslik imkonini beradi.
"DMC" innovasion klinika (doktor Maksudova klinikasi)
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi, 376-376a
Veb-sayt: www.dmclinic.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: dmclinic2018@gmail.com
Tel.: (+998) 78-148-30-30, (+998) 95-475-03-03
(+998) 71-261-18-78
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"BL LAZEROPTIKA" MCHJ 2008 yilda tashkil etilgan bo'lib, 2018 yilda "DMC" innovasion klinika (doktor Maksudova klinikasi) brendi ostida o'z klinikasini qurdi.
Klinika faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilar: oftalmologiya, ortopediya, nevrologiya, somnologiya, neyroxirurgiya, LOR, kompyuterli bioboshqaruv (BIOFEEDBACK), endokrinologiya, kardiologiya va fizioterapiya.
Klinikada keng spektrli ambulator-poliklinika, jarrohlik, reabilitasiya va stasionar xizmatlari tashkil etilgan.
Klinikada yuqori malakaga ega mutaxassislar tomonidan AQSh, Yaponiya va Evropa etakchi davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar yordamida tashxislash, jarrohlik amaliyotlari, reabilitasiya va laboratoriya xizmatlari amalga oshiriladi.
Klinikada yiliga 1500 nafar bemorni qabul qilish quvvatiga ega, 50 o'ringa mo'ljallangan stasionar bo'limlari faoliyat yuritadi.
Klinika salohiyatini turli yo'nalishdagi yuqori malakali mutaxassislar tashkil etib, ular chet davlatlaridagi etakchi tibbiyot markazlari va klinikalarida doimiy o'z malakasini oshirib keluvchi tibbiyot fanlari doktorlari, tibbiyot fanlari nomzodlari va oliy toifali shifokorlardir.
"GAVHAR" ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati,
Qibray tumani, Fazokorlar ko'chasi, 46
Veb-sayt: www.gavharclinic.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: gavharclinic.uz @gmail.com
Tel.: (+998) 95-199-77-93, (+998) 71-208-77-93
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Klinika 2020 yil sentyabr oyidan o'z faoliyatini boshlagan. Bu O'zbekistondagi ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya yo'nalishidagi yuqori darajada tibbiy xizmat ko'rsatuvchi birinchi xususiy klinikadir.
Klinika quyidagi yuqori darajadagi zamonaviy davolash va jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish imkoniyatiga ega:
- chanoq-son va tizza bo'g'imi endoprotezlash amaliyotlari;
- umurtqa pog'onasining jarohatlanish va degenerativ kasalliklarini jarrohlik usullarida davolash;
-oyoq va oyoqpanja bo'g'imlaridagi jarrohlik amaliyoti;
-naysimon suyaklar sinishidagi osteosintez amaliyoti;
-elka va tizza bo'g'imlari artroskopiyasi;
-travmatologik kasalliklarni konservativ davolash.
Klinika eng zamonaviy laborator va tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan. Stasionarda barcha qulayliklarga ega 30 o'ringa mo'ljallangan palatalar mavjud. Palatalar bir kishilik bo'lib, televizor va sutka davomida ishlab turadigan Wi-Fi tarmog'i bilan ta'minlangan.
Klinika salohiyati juda yuqori bo'lib, buni tibbiyot fanlari doktor va nomzodlari, oliy toifali mutaxassislardan iborat jamoa tashkil etadi. Ular doimiy ravishda Germaniya, Rossiya, Turkiya va Finlyandiyadagi etakchi klinikalarda o'z malakalarini oshirib turadi.
"HAPPY LIFE MEDICAL CENTRE" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yunusobod tumani, 19-mavze, Dehqonobod ko'chasi, 12A
Veb-sayt: www.happy-life.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info_happylife@mail.ru
Tel.: (+998) 71-207-00-95, (+998) 71-207-95-00
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"Happy Life Medical Centre" klinikasi 2019 yilda faoliyatini boshlagan. Markaz Toshkent shahridagi eng yaxshi uskunalar bilan ta'minlangan ko'p tarmoqli davolash-profilaktika muassasi hisoblanadi.
Klinikada eng zamonaviy darajada quyidagi 20 dan ortiq tibbiy yo'nalishlar: akusherlik va ginekologiya, oftalmologiya, dermatovenerologiya, gastroenterologiya, travmatologiya, xirurgiya, endokrinologiya, proktologiya, plastik xirurgiya, Otorinolaringologiya (jumladan, koxlear implantasiya jarrohligi), nevrologiya, kardiologiya va boshqa yo'nalishlar bo'yicha tashxislash, konservativ, fizioterapevtik va jarrohlik usulida davolashni amalga oshiriladi.
Klinkada tashxislash jarayonida qo'l va oyoq tomirlari doplerografiyasi, ichki a'zolar UTT tekshiruvi hamda keng spektrli klinik-laboratoriya taxlillari o'tkaziladi.
Klinikada COVID-19 bo'yicha IFA (immunoferment taxlili) usulida test sinovlari hamda immun javobni aniqlashdagi (IgM i IgG antitelo) taxlillar o'tkaziladi.
Klinika salohiyati juda yuqori bo'lib, unda tibbiyot fanlari doktorlar va tibbiyot fanlari nomzodlari, oliy toifali mutaxassislardan iborat jamoa faoliyat olib bradi.
Yuqori sifatli xizmat, malakali xodimlar bemorlarga individual yondashuvi davolash jarayonidagi asosiy mezondir.
"HAYAT MEDICAL CENTRE" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati,
Qibray tumani, Salar shaharchasi, Gulima'mur ko'chasi, 5/14
Veb-sayt: www.hayatmed.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: hayatmedcentre@mail.ru
Tel.: (+998) 71-200-88-66, (+998) 95-196-00-09
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"Hayat Medical Centre" ko'p tarmoqli klinikasi 2013 yildan tashkil etilgan. Ayni paytda muassasa O'zbekistondagi eng yirik xususiy klinika bo'lib, o'zining 6 ta tarmog'iga ega.
Klinika faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilar: terapiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, urologiya, xirurgiya, oftalmologiya, otolaringologiya, pediatriya, allergologiya, pulmonologiya, dermatologiya, revmatologiya, bolalar nevrologiyasi, fizioterapiya, funktsional diagnostika, radiologiya, stomatologiya, ortopediya, laborator diagnostika.
Klinika salohiyati turli mutaxassisliklar bo'yicha 80 dan ortiq yuqori malakali shifokorlarni o'z ichiga oladi. Mutaxassislarning aksariyati 20 yildan ortiq tajribaga ega va har yili Evropa va MDH davlatlarida malaka oshirishadi.
Klinika ISO xalqaro sifat tizimi sertifikatiga ega zamonaviy tibbiy-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.
Bu erda koronavirus pandemiyasi vaqtida qisqa muddatga Kovid-markazi tashkil etilib, 600 nafardan ortiq bemorlar davolangan.
"INTRAMED" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, A.Temur ko'chasi, 149
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@intramed.uz
Tel.: (+998) 78-210-03-03
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Intramed tibbiyot markazi mintaqada raqobatchilari bo'lmagan rivojlangan xususiy markazdir.
Klinika faoliyatining asosiysi quyidagi yo'nalishlarda: ginekologiya, jarrohlik, urologiya, otolaringologiya, proktologiya, onkologiya, - turli xil bemorlarga yuqori texnologiyali jarrohlik yordami ko'rsatishdan iborat.
Klinikada eng murakkab jarrohlik amaliyotlari travmatik kesmalarsiz zamonaviy endoskopik, lazer usulida va robotlashgan texnologiyalar yordamida oliy toifali shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Markaz dunyoning eng rivojlangan mashhur KarlStorz (Germaniya) SonaCareMedical (AQSh), Jonson&Jonson (AQSh), Lumenis (Isroil) kompaniyalarning kabi so'nggi uskunalari bilan jihozlangan.
Markazda bemorlar qulay joylashtirilgan barcha qulayliklarga ega palatalarga joylashtiriladi.
"INVIVO" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, Farobiy ko'chasi, 448 D
Veb-sayt: www.invivo.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@invivo.uz
Tel.: (+998) 71-230-22-12 (+998) 71-231-22-12
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Ko'p tarmoqli eng zamonaviy "Invivo" xususiy klinikasi yuqori malakali mutaxassisilardan iborat bo'lib, 2014 yilda tashkil etilgan.
Klinikaning asosiy faoliyati: terapiya, kardiologiya, xirurgiya (kaminvaziv operasiyalarning barcha turlari), stomatologiya (terapevtik, jarrohlik, Pediatrik, gigienik ortodontiya), ortopediya, proktologiya, kosmetologiya, ambulator va jarrohlik yo'li bilan LOR kasalliklarini davolash, audiologiya (barcha turdagi eshitishni tekshirish, eshitish vositalarini tanlash).
Eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya keng ko'lamli taxlillarni o'tkazish imkonini beradi, jumladan, klinik va biokimyoviy tekshiruvlar, IFA usulida qonni tekshirish, TORCH-infektsiyalariga tekshirish, PZR tekshiruvi, onkomarkyorlarni aniqlash, allergik testlarni amalga oshirish, bakteriologik tekshiruvlar shular qatoridadir.
Uskunaviy taxshislashda tishni raqamli rentgenografiyasi, tish va jag'dagi hamda LOR a'zolaridagi 3D-rentgenologik tekshiruvlar, UTT, EXO - KS (yurak UTT), doplerografik tekshiruvlardan foydalaniladi.
Klinikada kompleks davolash jarayonida turli usuldagi fizioterapiya muolajalaridan ham keng foydalaniladi.
Bemorlarni qabul qilish va davolashda klinikada eng qulay sharoitlar yaratilgan.
"SAIF OPTIMA" ko'z mikroxirurgiya klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yashnaobod tumani, Alimkent-1 ko'chasi, 32
Veb-sayt: www.saif-optima.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@saif-optima.uz
Tel.: (+998) 71-200-22-20
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Klinika 2004 yilda tashkil etilgan bo'lib, klinikada yuqori darajadagi keng ko'lamli barcha oftalmologiya xizmatlar xalqaro standartlarga mos eng yangi texnologiyalardan foydalanilgan holda ko'rsatiladi.
Klinikaning asosiy faoliyati turli ko'z kasalliklarini tashxislash, konservativ va jarrohlik yo'li bilan davolashda etakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy yuqori texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirishidir.
Klinika tarkibiy tuzilmasi tashxislash bo'limi, kattalar va bolalar ko'z kasalliklarini jarrohlik yo'li bilan davolash bo'limi, oftalmoplastika bo'limi, klinik-tashxis tahlilxonasi, kardiologiya, anesteziologiya va sterilizasiya bo'limlaridan iborat.
Klinika ko'z protezlari ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlik qiladi.
Klinikaning kadrlar salohiyatini yuqori malakali shifokorlar, jumladan, 3 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 6 nafar katta tajribaga ega oliy toifali shifokorlar tashkil etadi, ular doimiy ravishda Hindiston, Shveytsariya va Rossiyada malakalarini oshirib turishadi.
Klinikada operasiyadan keyingi bemorlar uchun barcha sanitariya talablariga javob beruvchi maxsus bir va ikki kishilik xonalar mavjud.
Klinika bilan bir qadam oralig'ida "IRIS" mehmonxonasi mavjud bo'lib, poytaxtga tashrif buyuruvchi mehmonlar va bemorlar uchun xizmat qiladi.
"STELLARIS SPINAMED" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yashnaobod tumani, S.Azimov ko'chasi, 64
Veb-sayt: www.stellaris.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: medstellaris@gmail.com
Tel.: (+998) 71-233-99-33, (+998) 71-233-93-52, (+998) 71-809-55-15
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Klinika 2009 yilda tashkil etilgan.
Klinikaning asosiy faoliyat yo'nalishlari: nevrologiya, oftalmologiya, plastik jarrohlik, stomatologiya, ginekologiya, endokrinologiya, kardiologiya va gastroenterologiya.
Klinikada 55 nafardan ortiq yuqori malakali shifokorlar quyidagi yo'nalishlarda:
- umurtqa pog'onasini og'riqsiz tortish;
- kompyuter diagnostikasi;
- ExoKG va EKG;
- UTT tekshiruvi;
- katarakta va glaukomani davolash;
- feyslifting, blefaroplastika, oto - va Rinoplastika;
- ko'krak bezini ko'tarish amaliyoti;
- stomatologiya xizmatlari majmuasi;
- kardiologik, gastroenterologik, urologik, gepatobiliar tizimini, endokrinologik kasalliklar (qandli diabet);
- jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar bo'yicha maslahatlar, turli xil tekshiruvlar va davolash ishlarini o'tkazadi.
"STOMASERVISE" raqamli stomatologik klinika
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi, 235
Veb-sayt: www.stomaservice.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: clinica@stomaservice.uz
Tel.: (+998) 71-200-39-93
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"Stomaservice" klinikasi 1992 yilda tashkil etilgan. Klinika o'z yo'lida kichik kabinetdan to to'laqonli stomatologik klinika darajasigacha rivojlanib, ish jarayonida faqat Germaniya stomatologiya uskunalar (KAVO, SIRONA), Frantsiya anestetiklari va AQSh to'ldirish materiallaridan (DENTSPLY) foydalanib yuqori sifatli xizmatlar ko'rsatadi. 2006 yildan bugungi kunga qadar klinika o'z bemorlarini AQSh standartlariga muvofiq qurilgan keng hududda qabul qiladi.
Klinika quyidagi to'liq hajmdagi stomatologik xizmatlari ko'rsatadi: terapiya, xirurgiya, ortopediya, ortodontiya, implantasiya, restavrasiya, parodontologiya, bolalar stomatologiya, tishlamoqni korrektsiya qilish.
Klinika salohiyati juda yuqori bo'lib, 20 dan ortiq yuqori malakali xodimlar, jumladan - tibbiyot fanlari doktorlar va tibbiyot fanlari nomzodlari faoliyat olib boradi. Ular Germaniya, Isroil, Rossiya, AQSh, Turkiya, Ukraina, Finlyandiya, Shveytsariya, Shvesiya, Janubiy Koreyaning eng yaxshi klinikalarida malakasini oshirib qayta tayyorlashdan o'tkazilgan.
Klinikaga GLOBALRATING "sifat va samaradorlik uchun" (2003 yil, London) va INTERNATIONAL QUALITY AWARDS "sifat va samaradorlik uchun" (2013-yil, Jeneva) oliy mukofotlar topshirilgan.
"UROLOGIC COMPLEX" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko'chasi, 7
Veb-sayt: www.urologic.uz
E-mail: infoi@urologic.uz
Instagram: @urologic_complex_tashkent
Feysbuk: @urologic.uz
Telegram: (+998) 99-804-79-48
Tel: (+998) 78-140-03-03, (+998) 78-140-01-60
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"Urologic Complex" klinikasi 2016 yilda tashkil etilgan.
Klinikaning faoliyatining asosiy yo'nalishlari: siydik yo'llari tizimidagi urologik, ginekologik, uroginekologik, Andrologik hamda onkologik kasalliklarini tashxislash va davolash.
Klinika tarkibiy tuzilmasida qabulxona bo'limi, zamonaviy apparat va klinik-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan diagnostika bo'linmasi, 2 ta reanimasion o'rinlari bilan operasion blok hamda "lyuks" palatalardan iborat zamonaviy qulayliklarga ega 10 o'rinli stasionar bo'limi faoliyat olib boradi.
Klinika kadrlar salohiyatini yuqori malakali urologlar, ginekologlar, onkologlar, ultratovush shifokorlari, kardiolog-terapevtlar, anesteziolog-reanimatologlar, laboratoriya shifokorlar tashkil etadi.
Etakchi mahalliy va xorijiy klinikalarda malaka oshirgan tajribali, yuqori malakali shifokorlar guruhi bemorlarga tashxis qo'yish va davolash uchun zamonaviy uskunalardan foydalanib barcha turdagi urologik, ginekologik, onkourologik va Andrologik kasalliklarni jarrohlik yo'li bilan shuningdek, kichik tos a'zolarini rekonstruktiv va plastik jarrohlik usullaridan foydalanib davolamoqda.
Xususan, klinikada quyidagi jarrohlik amaliyotlari o'tkazilmoqda:
- prostata adenomasi endoskopik jarrohligi (tur i HOLEP);
- qovuq o'smalarida endoskopik jarrohligi;
- buyrak va siydik yo'llari tosh kasalliklarida endoskopik lazer jarrohligi;
-murakkab uretra strikturalari bukkal palastikasi jarohligi;
- Laparoskopik nefroektomiya jarrohligi;
- erkaklar bepushtligi (Eva - Epididimovazoanastomoz) jarrohligi;
- jinsiy olatni protezlash jarrohigi;
- ayollarda siydik tutolmaslikdagi sling jarrohligi (TVT-Loop o'rnatish);
- buyrak, prostata bezi, qovuq va boshqa o'sma kasalliklarida onkourologik jarrohligi.
"YANGI HAYOT" klinikasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani,
Qoraqamish ko'chasi-3
Veb-sayt: yangi-hayot.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: yangihayotklinikasi@mail.ru
Tel.: (+998) 71-246-22-88, (+998) 71-246-37-87, (+998) 71-246-23-45
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Stasionar va ambulator sharoitlarda davolash-diagnostika va konsultasiya yordamini ko'rsatuvchi zamonaviy ixtisoslashgan "YANGI HAYOT" xirurgik klinikasi 2016 yilda tashkil topgan.
Klinika faoliyatining asosiy yo'nalishlari: ayollar reproduktiv tizimi organlarida, qorin bo'shlig'i organlarining onkologik va noonkologik kasalliklarida jarrohlik operasiyalari, plastik-kosmetik jarrohlik.
Klinika tegishli infratuzilmaga ega bo'lib, poliklinika, diagnostika, stasionar, 2 ta operasion, reanimasiya va intensiv terapiya bo'limlaridan iborat. Stasionardagi barcha qulayliklarga ega palatalar jami 30-o'ringa mo'ljallangan. Tashrif buyuruvchilar uchun qo'riqlanuvchi avtomobillar turagohi, bemorlar toza havoda sayr qilishi uchun shinam hovli mavjud.
Klinikada 100 dan ziyod tahlil ko'rinishlarini o'tkazish uchun tegishli uskunalarga ega kuchli laboratoriya xizmati faoliyat olib boradi. Zamonaviy apparat-instrumental baza quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: UTT, EKG, Total, kapsula, biopsiyali videogastro-, entero - kolonoskopiya, magnitoterapiya.
Kadrlar tarkibi 5 nafar tibbiyot fanlari doktori, 6 ta tibbiyot fanlari nomzodi (PhD), tajribali jarroh-ordinatorlar, oliy toifali anesteziolog-reanimatologlardan iborat. Barcha o'tkaziladigan operasiyalar jahon standartlariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
"XONOBOD" sanatoriysi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati,
Xonobod shahri, Xontok ko'chasi
Veb-sayt: www.xonobod-sihatgoh.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: support@xonobod-sihatgoh.uz
Tel.: (+998) 78-150-86-86
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
"Honobod" sog'lomlashtirish oromgohi 2017 yilda qurib ishga tushirildi. Uning hududi dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan va 10,5 gektar erni egallaydi. Sanatoriy binolari Park hududida joylashgan bo'lib turli xil gullar va daraxtlar bilan o'ralgan.
Sanatoriyning asosiy davolash omili issiqlik buloqlari (tashqi harorati 18°C dan + 44°C gacha) bo'lib, ular oshqozon-ichak trakti, surunkali pielonefrit, ginekologik va urologik kasalliklar, asab tizimi kasalliklari, suyaklar va bo'g'imlar turli kasalliklarni kompleks davolashda samarali hisoblanadi.
Sanatoriy tarkibiy tuzilmasida mineral vannalar, fizioterapiya, mexanik va gidromassaj xonalari, akupunktura, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya (tuz bilan davolash) bo'limlari, shuningdek, suzish havzasi, fitnes xonasi, fitobar, klinik va biokimyoviy laboratoriya, UTT, EKG mavjud.
Sanatoriyning barcha hududida, davolash binolari, dam olish binolari va ovqatlanish xonalarida yuqori tezlikdagi internetga ega. Bankomatlar va to'lov terminallari mavjud.
"MEDIVA"
Manzil: O'zbekistan Respublikasi, Toshkent shahri,
Yakkasaroy tumani, Askiya ko'chasi, 26-B
Veb-sayt: www.mediva.uz
Kontaktnie dannie:
E-mail: info@mediva.uz
instagram@mediva_clinic
Telefon: (+99871) 253-84-44, (+99871) 253-95-55, (+99897) 554-44-55
"MEDIVA" estetik kosmetologiya klinikasi 2019 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda O'zbekistonda kosmetologiya yo'nalishidagi etakchi xususiy tibbiyot klinikalaridan biri hisoblanadi.
Klinikaning asosiy faoliyati estetik kosmetologiya bo'lib, u amaliy dermatologiya, flebologiya, ginekologiya, stomatologiya va psixologiyani o'z ichiga oladi.
Klinikada xalqaro standartlar darajasida va etakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning so'nggi zamonaviy uskunalardan foydalanib (ULTRAFORMER-III, Candella Gentle Lase Pro-U va boshqa), ayollarning tabiiy go'zalligi va sog'lig'ini saqlab qolish, ularning teri va qomatlaridagi yoshga bog'liq va patologik o'zgarishlarni tuzatish va bartaraf etishga qaratilgan in'ektsiyali, apparatli, lazerli va SPA muolajalari mavjud. Bundan tashqari, bu erda psixologik muolajalar yordamida ayollar baxtli oilaviy hayotga va bola tug'ishga tayyorlanadi.
Klinikaning tibbiyot xodimlari 15 ta tibbiyotning turli yo'nalishlari bo'yicha tajribali mutaxassisdan iborat: dermatolog, flebolog, stomatolog, ginekolog, psixolog va boshqalar.
