Hududiy tibbiy muassasalar
Andijon viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati,
Andijon shahri, Furqat ko'chasi, 5
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: andvbkttm@umail.uz
Tel: (+99874) 228-60-30;
Faks:
Viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazining umumiy maydoni 7,2 ga teng bo'lgan uning qurilishi 2008 yilda yakunlangan. Markazning zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi uchun KWf Bank (Germaniya) investisiya kiritgan.
Viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatining asosiy yo'nalishi respublikaning Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlaridagi bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatishdan iborat. Markaz har doim Andijon tibbiyot institutining pediatriya fakulteti talabalari uchun asosiy o'quv bazasi hisoblanadi.
Markaz 23 ta ixtisoslashtirilgan bo'limlardan va 530 ta o'rindan iborat. Shuningdek, 24 o'rinli alohida reanimasiya bo'limlari ham mavjud. Ambulatoriya-maslahat poliklinikasi bir smenada 200 qabulga mo'ljallangan.
Markazning (230 o'ringa ega) xirurgiya bloki quyidagi yo'nalishlar bo'yicha 12 ta bo'limni o'z ichiga oladi: umumiy jarrohlik, kardiojarrohlik, ko'krak qafasi xirurgiyasi, qon tomir jarrohligi, kaminvaziv jarrohlik, o'smirlar uchun ginekologiya bo'limi, shoshilinch xirurgiya, oftalmologiya, urologiya, Otorinolaringologiya, yiringli jarrohlik, neyrojarrohlik, vertebrologiya va rekonstruktiv plastika. Har yili 10000 dan ziyod operasiyalar amalga oshiriladi. Yuqori malakali kardiojarrohlar, kardiolog va perfuziologlar zamonaviy uskunalar va sun'iy qon aylanish tizimlaridan foydalangan holda yurak sohasida ochiq va yopiq operasiyalarni o'tkazishmoqda. Kaminvaziv xirurgiya va operativ ginekologiya bo'limida KarlStorz uskunalarida Laparoskopik operasiyalar joriy etilib, keng qo'llaniladi.
Pediatriya bloki (300 o'ringa ega) quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'limlarni o'z ichiga oladi: kardiologiya, pulmonologiya, gematologiya, gastroenterologiya, nevrologiya, nefrologiya va erta yoshdagi bolalar uchun 2 ta bo'lim.
Andijon viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati,
Andijon shahri, Ogahiy ko'chasi, 3
Veb-sayt: www.vkttm.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: and.vil.ktt.markazi@minzdrav.uz;avkttm@umail.uz; avkttm@mail.ru
Tel: (+99874) 237-35-42, (+99874) 237-54-46
Faks:
Viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi 2013 yilda sobiq viloyat kardiologiya markazi hududida tashkil etilgan.
Viloyat aholisiga davolash-diagnostika va profilaktik xizmatlarni taqdim etish, mintaqaning davolash-profilaktika muassasalariga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatish faoliyatning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.
Markazning tarkibiy tuzilmasi 13 ta (abdominal va yiringli jarrohlik, ortopediya va jarohatlar oqibatlari, neyrojarrohlik, urologiya, kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, nevrologiya, gematologiya, oftalmologiya, gastroenterologiya, Otorinolaringologiya) klinik bo'limlar va yordamchi bo'limlarni (stasionar blok, maslahat-diagnostika poliklinikasi, operasiya bloki, qabul bo'limi, klinik-biokimyoviy laboratoriya) o'z ichiga oladi. Markaz jami 320 o'rindan ibort.
Moddiy-texnik baza va yuqori malakali shifokorlardan iborat kadrlar salohiyati ko'krak va qorin bo'shlig'i organlarida ko'pgina murakkab makro - va mikrojarrohlik operativ aralashuvlarni, shuningdek yirik tomirlarni endoprotezlash, naysimon suyaklar osteoplastikasini va boshqa amalga oshirishga imkon beradi.
Yuqori qulayliklarga ega, alohida televizor, muzlatgich, kondisionerlar bilan jihozlangan shinam palatalar bemorlar xizmatida.
Markaz hududi obodonlashtirilib, ko'kalamzorlashtirilgan, bu esa alohida mikroiqlimni va davolash muolajalaridan so'ng hordiq olish uchun sharoitlar yaratadi.
Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati,
Andijon shahri, Maybokcha ko'chasi, 59
Veb-sayt: https://t.me/andijontibiiyotmuassaslari/
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: andved@umail.uz
Tel:(+99874) 227-44-65, (+99874) 227-65-74,
(+99874) 227-43-46
Faks:
Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri dastlab 1962 yilda "bo'qoqqa qarshi dispanser" shahar shifoxonasi qoshida tashkil qilingan. Dispanser 1987 yilda 2 ta davolash bo'limi, laboratoriya, konsultasiya beruvchilarning xonalari joylashgan Maybokcha ko'chasidagi alohida yangi binoga ko'chib o'tdi. 2017-2018 yillarda mavjud bino ta'mirlanib, yangi ikki qavatli bino barpo etildi hamda xirurgiya va reanimasiya bo'limlari tashkil etildi. Bugungi kunda dispanserda jami 135 o'rindan iborat 4 ta stasionar bo'limlar va bir smenada 150 qabulga mo'ljallangan poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Xirurgiya va reanimasiya bo'limlarining qurilish ishlari olib borilmoqda. Qandli diabet va uning asoratlarini, shuningdek qalqonsimon bez, neyroendokrin kasalliklarini diagnostika qilish va davolash faoliyatning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Dispanser mutaxassislari oliy va birinchi malaka toifasiga hamda ixtisoslik bo'yicha katta ish tajribasiga ega.
Stasionar bo'limlarda ham standart shinam xonalar, ham individual foydalanish uchun kondisioner, muzlatgich, televizor va maishiy texnika bilan jihozlangan yuqori qulayliklarga ega xonalar bemorlar xizmatida.
Bemorlar davolash-diagnostika muolajalarini qabul qilib bo'lgach, Bog'ishamol dam olish zonasi va Registon maydoniga tashrif buyurishi mumkin.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati,
Andijon shahri, Bobur ko'chasi, 3
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: cardio_center@umail.ru; and-vkd@umail.ru
Tel: (+99874) 234-20-02, (+99874) 235-49-73
Faks:
Markaz filiali 2017 yilda sobiq bolalar shifoxonasining o'rnida tashkil etilgan. O'zbekistonning Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlari aholisiga yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan kardiologik tibbiy yordam ko'rsatish faoliyatning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Klinika 8 ta profilli bo'limlardan (yurak ishemik kasalligi, arterial gipertoniya, yurak aritmiyasi, miokardial neyroangiogen kasalliklar, yurak etishmovchiligi, kardiojarrohlik, intensiv terapiya va reanimasiya) tashkil topgan 100 o'rinli stasionardan iborat.
Ambulator yordam bir smenada 100 qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinikasida ko'rsatiladi.
Filial zamonaviy tibbiy uskunalar, jumladan rentgenoendovaskulyar xirurgik qurilmalar bilan jihozlangan.
Filialning yuqori malakali mutaxassislari zamonaviy sun'iy qon aylanish apparatlaridan foydalangan holda ham ochiq, ham yopiq yurakda jarrohlik amaliyotini amalga oshirishadi.
Muzlatgich, kondisioner, televizor va alohida sanuzel bilan ta'minlangan yuqori qulayliklarga ega bir va ikki o'rinli palatalar bemorlar xizmatida. Bundan tashqari, Internet, kir yuvish xonasi, sartaroshxona va boshq. qo'shimcha servis xizmatlari taqdim etiladi.
Bemorlarning hohishiga qarab, Andijondagi mashhur hunarmandlar ko'chalari bo'ylab sayrlar tashkil etish imkoniyati mavjud. Bu esa, o'z o'rnida, Andijonda bo'lish dasturiga o'zgacha uyg'unlik baxsh etadi.
Buxoro viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati,
Buxoro shahri, M.Iqbol ko'chasi, 65
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: bxr.vil.kttm@minzdrav.uz
Tel: (+99865) 221-79-33, (+99865) 221-73-00
Faks:
Markaz viloyatning eng yirik davolash muassasasi hisoblanib, bu erda bemorlarga abdominal jarrohlik, yiringli jarrohlik, proktologiya, otolaringologiya, yuz-jag'jarrohligi, urologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, yurak-qon tomir jarrohligi, rentgenedovaskulyar jarrohlik, allergologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, nefrologiya va gemodializ, revmatologiya, kardiologiya, nevrologiya, gematologiya kabi 20 dan ortiq ixtisosliklar bo'yicha stasionar va ambulator yordam ko'rsatiladi.
Markazda angiografiya, interventsion jarrohlik, laparoskopiya, oshqozon-ichak trakti endoskopiyasi, endourologiya, masofaviy zarba-to'lqinli litotripsiya, gemodializ, magnit-rezonansli tomografiya, lazeroterapiya, umurtqada kaminvaziv operasiyalar, raqamli rengenologik tekshiruvlar, artroskopik operasiyalar, mikrojarrohlik operasiyalari, zamonaviy fizioterapevtik muolajalarning keng spektri kabi yuqori texnologiyali tibbiy, diagnostik va sog'lomlashtirish xizmatlaridan foydalaniladi.
Har bir davolash bo'limida bemorlarning davolanishi va dam olishi uchun mebel, televizor, muzlatgichni o'z ichiga olgan yuqori qulaylikka ega palatalar tashkil etilgan.
Markaz qoshida trenajer zali faoliyat yuritadi. Ovqatlanish markazlashgan oshxonada amalga oshiriladi. Markaz hududi barqaror signalga ega Wi-Fi tarmog'i bilan ta'minlangan. Tibbiy markazda doimiy videokuzatuv tizimi va qo'riqlash xizmati tashkil etilgan.
Markaz shahar hududida joylashgan bo'lib, tarixiy markaz yaqinidan o'rin egallagan. Shuning uchun bemorlarning istagini inobatga olgan holda tarixiy va madaniy yodgorliklar ziyoratini tashqil qilish imkoniyati mavjud.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati,
Buxoro shahri, G'ijduvon ko'chasi, 71
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
Tel: (+99865) 228-58-50
Faks: (+99865) 228-58-50
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2017 yilda viloyat onkologiya dispanseri negizida tashkil qilingan.
Markaz filialida oltita asosiy klinik bo'limlar, maslahat poliklinikasi va bir qator yordamchi bo'limlar faoliyat yuritadi. Markaz filiali Buxoro davlat tibbiyot institutining onkologiya va nur diagnostikasi kafedrasi uchun klinik baza hisoblanadi.
Markazda onkologiyaning barcha yo'nalishlari, jumladan, neyroonkologiya, bosh-bo'yin o'smalari, torakal onkologiya, mammologiya, onkoginekologiya, abdominal onkologiya, onkoproktologiya, onkourologiya hamda nur terapiyasi va diagnostikasi bo'yicha tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi.
Bu erda zamonaviy uskunalar va yuqori malakali tibbiy xodimlarning mavjudligi o'smalarning turli lokalizasiyasida yuqori texnologiyali tekshirish usullari va murakkab operasiyalarni, shuningdek operasiyadan keyingi kamchiliklarning plastik korrektsiyasini amalga oshirish imkonini beradi.
Navoiy viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati,
Navoiy shahri, Janubiy ko'chasi, 3A
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: nvi.vil.kttm@minzdrav.uz
Tel: (+99879) 220-41-37
Faks: (+99879) 220-41-37
Navoiy viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi 2008 yilda tashkil qilingan. 2016 yilda "JICA" Yaponiya xalqaro tashkilotining mablag'lari hisobiga eng zamonaviy tibbiy uskunalar va apparatura bilan jihozlangan.
Markazda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha stasionar va ambulator yordam ko'rsatiladi:
Xirurgik kasalliklarga kardiojarrohlik, travmatologiya, neyrojarrohlik, oftalmologiya, LOR, abdominal jarrohlik, torakal jarrohlik, qon tomir jarrohligi, urologiya, proktologiya va yiringli jarrohlik bo'limlari tomonidan tibbiy yordam ko'rsatiladi.
Terapevtik kasalliklarga kardiologiya va interventsion kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, revmatologiya, gematologiya, pulmonologiya, nefrologiya, ekstrakorporal detoksikasiya bo'limlari tomonidan tibbiy yordam ko'rsatiladi.
Markazning tarkibiy tuzilmasi 6 ta jarrohlik va 8 ta terapevtik yo'nalishdagi bo'limlar, jami 200 o'rinli, shuningdek bir smenada 100 qabulga mo'ljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasini o'z ichiga oladi.
Shifokorlar soni 69 nafar bo'lib, ulardan 2 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga hamda 23 nafari oliy malaka toifasiga ega.
Shifokorlarning tayyorgarlik darajasi va zamonaviy (asosan Yaponiyada ishlab chiqarilgan) import uskunalarning mavjudligi murakkab yuqori texnologiyali davolash-diagnostika muolajalarini, jumladan, kardiojarrohlik operasiyalarini o'tkazish imkonini beradi.
Namangan viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati,
Namangan shahri, N.Namangoniy ko'chasi, 9
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: nvkttm@mail.ru
Tel: (+998 69) 223-08-20, (+998 69) 223-08-30
Faks:
Namangan viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi 1914 yilda asos solingan shifoxona negizida 2014 yilda tashkil qilingan.
Bugungi kunda ushbu yirik (366 o'rinli) markazda 13 ta asosiy klinik va 8 ta yordamchi bo'limlar mavjud bo'lib, ularda 613 nafar xodim, jumladan 99 nafar shifokorlar mehnat qiladi.
Jarrohlik, urologiya, gastroenterologiya, neyrojarrohlik, nefrologiya, ortopediya, travmotologiya, Otorinolaringologiya, gematologiya, allergologiya, pulmonologiya, nevrologiya, yiringli jarrohlik, oftalmologiya yo'nalishlari bo'yicha aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish markaz faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Markazda kaminvaziv va plastik jarrohlik va urologik operasiyalar, shuningdek bo'g'imlarni endoprotezlash keng qo'llaniladi.
Bo'limlarda kondisioner, alohida sanuzel, televizor va boshqa servis imkoniyatlariga ega o'ta qulay palatalar mavjud.
Namangan viloyati perinatal markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati,
Namangan shahri, Boburshoh ko'chasi, 143 A
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: nam_perinatal@mail.ru
Tel.: (+998 69) 239-25-25
Faks:
Namangan viloyati perinatal markazi tug'ruqxona negizida tashkil qilingan. Bugungi kunda 250 ta o'ringa mo'ljallangan.
Fertil (tug'ish) yoshidagi ayollar va perinatal davrda bolalarga tibbiy yordam ko'rsatish markaz faoliyatining asosiy yo'nalishidir.
Markazda og'ir kechuvchi ekzogen kasalliklari, tuqqandan keyingi asoratlari bo'lgan, patologik va muddatidan oldingi tug'ruq kechirayotgan homilador ayollarga, shuningdek vaqtidan oldin (chala) yoki patologiya bilan tug'ilgan go'daklarga yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatishga tayyor tajribali akusher-ginekologlar, neonatologlar, anesteziolog-reanimatologlar, jarrohlar va boshqa mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Markaz Laparoskopik operasiyalar, ultratovushli doplerografik tekshiruvlar o'tkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar, Vib Mobile 4 portativ rentgen apparatlari bilan jihozlangan.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati,
Namangan shahri, To'raqo'rg'on ko'chasi, 202
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: nam.kardio.uz@gmail.com
Tel: (+998 69) 233-15-38
Faks:
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali Namangan viloyati kardiologiya markazi negizida tashkil qilingan.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini konservativ va jarrohlik yo'li bilan davolash filial faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Filialning maslahat-diagnostika poliklinikasi exokardiografiya, transezofagal exokardioskopiya, kunu tun monitorlash, veloergometriya, kardiovizor va boshqa tekshiruvlarni o'tkazishga imkon beruvchi zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.
Filialda yurak va periferik qon tomirlari angiografiyasi, qon tomirlarini stentlash, ballonli plastika, bachadon miomasi embolizasiyasi, aritmiya va yurakning turli (tug'ma va orttirilgan) nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan interventsion usullar, elektrokardiostimulyator o'rnatish kabi zamonaviy yuqori texnologiyali operasiyalar keng amalga oshiriladi.
Samarqand viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil:140120, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, G'iyosiddin Jamshid ko'chasi, 21a
Veb-sayt: www.samodmmc.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: samodmmc@inbox.uz;
Tel: (+99866) 232-02-40, (+99866) 232-22-59
Faks:
Samarqand viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi binosi 1989 yilda klinik shifoxona sifatida bunyod etilgan bo'lib, 2007 yilda muassasa viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi maqomini olgan.
Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishi 18 yoshgacha bolalarga maslahat-tashxis va davolash xizmatlarini ko'rsatishdir.
Markaz tarkibiy tuzilmasiga smenasiga 200 ta qabulga mo'ljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasi va 400 o'rinli stasionar blokdan iborat pediatriya, pulmonologiya, allergologiya, nefrologiya, kardiologiya, nevrologiya, gematologiya, neonatologiya, erta yoshdagi bolalar patologiyasi, ortopediya, neyrojarrohlik, LOR-patologiya, kardiojarrohlik, yuz-jag'jarrohligi va boshqa yordamchi bo'limlar kiradi.
Markaz kadrlari tajribali shifokorlardan tashkil topgan, ulardan 1 nafari tibbiyot fanlari doktori va 7 nafari tibbiyot fanlari nomzodi.
Markaz erta yoshdagi bolalarning patologik holati va turli kasalliklarida murakkab yuqori texnologiyali (jumladan, kardiojarrohlik) operasiyalar, konservativ davolash, fizioterapiya, klinik va laboratoriya diagnostikasini amalga oshirishga imkon beruvchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Markazda yuqori qulayliklarga ega palatalar televizor, kondisioner, muzlatgich, funktsional karavotlar bilan ta'minlangan va bemorlar xizmati uchun tayyorlab qo'yilgan.
Samarqand viloyati kardiologiya dispanseri
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 144
Veb-sayt: www.samkardio.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: cardio_sentr@mail.ru, info@samakardio.uz
Tel.: (+998 66) 234-87-12, (+998 66) 234-04-03
Faks:
1976 yilda O'zbekiston Respublikasida kardiologiya ilmiy-tekshirish institutiga asos solinganidan so'ng 1982 yilda Samarqandda viloyat kardiologiya dispanseri tashkil qilindi. Yurak-qon tomir kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va profilaktikasi, shuningdek profillar bo'yicha bemorlarni reabilitasiya qilish dispanser faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Bugungi kunda dispanserda 6 ta davolash bo'limlari, ya'ni arterial gipertenziya, ritm buzilishi, intensiv terapiya blokiga ega shoshilinch kardiologiya, nokoronarogen patologiya, reabilitasiya, fizioterapiya va shifobaxsh jismoniy tarbiya bo'limlari hamda diagnostika bo'limlari: funktsional diagnostika, laboratoriya bo'limi, shuningdek smenasiga 100 ta qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinikasi mavjud. Endovaskulyar jarrohlik bo'limiga ega to'rt qavatli korpusning qurilishi nihoyasiga etmoqda. U erda koronar va boshqa qon tomirlarida endovaskulyar aralashuv, og'ir kechuvchi ritm buzilishini xirurgik usullar yordamida davolanadi.
Dispanserda EKGni sutka davomida monitorlash, arterial qon bosimi va puls tezligining avtomatik o'lchanishini kunu tun kuzatib turish, EKGni dispersion kartalash, yurak ritmi variabelligini aniqlash, ultratovush tekshirishlar, jumladan uyqu arteriyasi doplerografiyasi, exodoplerkardiografiya, stress testlari – veloergometriya, tredmil-test, biokimyoviy va klinik tahlillarning to'liq spektri o'tkaziladi. Intensiv terapiya bloki Lodgig 200 ultratovush tizimi, o'pkaning (yangi) sun'iy ventilyasiyasi apparati, zamonaviy defibrillyatorlar, bemorlar holatidan xabardor bo'lib turish uchun zamonaviy kuzatuv tizimi bilan ta'minlangan
Bu erda bemorning stasionarda bo'lishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi uchun maqbul sharoitlar yaratilgan. Dispanser hududi obodonlashtirilgan va ko'kalamzorlashtirilgan bo'lib, foydali mikroiqlimga ega. har jihatdan shinam, jumladan barcha qulayliklar va servis imkoniyatlariga ega yarimlyuks va lyuks xonalar bemorlar xizmatida.
Bemorlarning istagiga qarab, qadimiy Samarqandning ko'pgina tarixiy obidalari bo'ylab sayohatlar uyushtiriladi.
Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: 140103, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 70
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: smr.vil.ktt.markazi@minzdrav.uz;sommc@inbox.uz
Tel: (+99878) 210-00-81, (+99878) 210-13-34
Faks:
Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi viloyatning sobiq 1-son shifoxonasi bo'lib, uning asosiy binolari XIX asr oxirida qurilgan. 1960 yil 16 may kuni bu erda shifoxona tashkil etilib, bugungi kungacha o'z faoliyatini olib bormoqda.
Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lib terapiya, gematologiya, nevrologiya, rejali jarrohlik, Otorinolaringologiya, qon-tomir jarrohligi, rentgenendovaskulyar jarrohlik, nefrologiya, gemodializ, urologiya va boshqalar hisoblanadi. Markaz viloyat aholisiga ambulator maslahat, diagnostik va profilaktik yordam, shuningdek hududiy tibbiy muassasalarga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatadi.
Markaz 320 o'ringa (ulardan 160 ta o'rin xo'jalik hisobi va 160 ta o'rin byudjet asosida) mo'ljallangan. Bu erda 13 ta stasionar bo'lim va suniy buyrak bo'limi (gemodializ), radiografik jarrohlik bo'limi (angiografiya), qabulxona, bir smenada 250 qabulga mo'ljallangan maslahat-tashxis markazi hamda yordamchi bo'limlar mavjud.
Muassasada 102 nafar shifokor faoliyat olib boradi, ulardan 4 nafari tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 43 nafari oliy malaka toifasiga ega.
Kadrlar salohiyati va zamonaviy uskunalar ko'pgina yuqori texnologiyali jarrohlik va endourologik operasiyalar, yurak qon tomirlarini stentlash va koronar angiografiya, qon tomirlarining endovaskulyar lazerli ablyasiyasi, gemodializ, shuningdek terapiya, nevrologiya va gematologiya sohasida diagnostika va davolashning bir qator yangi usullarini o'tkazishga imkon beradi.
Markaz Rossiya, Ukraina, Tojikiston, Qozog'iston, Ozarbayjon, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Bellorussiya davlatlarining ko'pgina nufuzli yirik o'quv, ilmiy va tibbiy muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Samarqand viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, Termiz ko'chasi, 8
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail:
Tel.: (+99866) 239-11-46
Faks:
Dispanser binosi deyarli 100 yil oldin (1923 yilda) qurilgan va 2000 yilda rekonstruktsiya qilingan.
Dispanser teri qatlamlari va shilliq pardalarning bakterial, zamburug'li va virusli kasalliklari, jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar profilaktikasi va davolash, shuningdek dermato-kosmetologik muammolarni davolash faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Jami 50 o'rinli stasionar bo'lim (jumladan, teri va tanosil kasalliklari bo'limi), zamonaviy serologik tekshirish usullari (jumladan, immunoferment tahlil) va diagnostika Ekspress usullari o'tkaziladigan laboratoriya va keng uskunalar to'plamiga ega kosmetologiya, fizioterapiya bo'limlari dispanser tarkibiy tuzilmasini tashkil qiladi.
Dispanser va uning tarkibidagi bo'limlarni tajribali yuqori malakali mutaxassislar boshqaradi.
Chet ellik fuqarolar uchuchn stasionar bo'limda televizor, yumshoq mebel, kondisioner va muzlatgichga ega 2 o'rinli xonalar mavjud.
Samarqand viloyat endokrinologiya dispanseri
Manzil:140158, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, A. Otaxo'jaev ko'chasi, 63
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail:
Tel: (+998 66) 237-06-22
Faks:
Viloyat endokrinologiya dispanseri 2014 yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda dispanser 110 o'rinli bo'lib, umumiy endokrinologiya, diabetologiya, qalqonsimon bez patologiyasi, endokrin jarrohlik, reanimasiya va intensiv terapiya, dispanser hamda yordamchi bo'limlarni o'z ichiga oladi.
Dispanser endokrin tizimining turli kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni davolash, qalqonsimon bez kasalliklarini konservativ va xirurgik davolash, endokrin tizimi kasalliklariga chalingan bolalarni davolash, diabetik oyoq kafti sindromidan aziyat chekayotgan bemorlarni konservativ va xirurgik davolash amalga oshiriladi.
Dispanserda 211 nafar xodim (ulardan 43 nafari shifokor) faoliyat yuritadi.
Dispanserda bemorlarga qo'shimcha qulayliklar yaratish uchun televizor, kondisioner, muzlatgich, yangi mebel, issiq suv va sanuzel bilan ta'minlangan 12 ta o'ta shinam palatalar mavjud.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali
Manzil:140100, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, Amir Shoh Murod ko'chasi, 86
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: smr.vil.rioriatm@minzdrav.uz
Tel.: (+99866) 235-14-34, (+99866) 235-78-74
Faks:
Markazning tashkil bo'lishi tarixi 1946 yilga borib taqaladi, o'sha paytlarda Samarqand shahar shifoxonasida 10 o'rinli onkologiya bo'limi ochilgan edi. 1966 yilda 100 o'ringa mo'ljallangan yangi onkologiya markazi barpo etildi va u 2010 yilda 175 o'ringacha kengayib, uning negizida 2017 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali tashkil qilindi.
Yuqori texnologiyali usullardan foydalangan holda saratondan oldingi va onkologik kasalliklar diagnostikasi va profilaktikasi, ushbu usullarni Samarqand viloyatida joriy etish filial faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Filial 175 ta o'rinli bo'lib, torakoabdominal, umumiy jarrohlik, bolalar, kimyo terapiyasi, radiologik, palliativ, reproduktiv a'zolar o'smalari va anesteziologiya bo'limlaridan iborat. Bundan tashqari smenasiga 100 ta qabulga mo'ljallangan maslahat-tashxis poliklinikasi faoliyat olib boradi.
Filialda 81 nafar yuqori malakali mutaxassislar bo'lib, ulardan 2 nafar tibbiyot fanlari doktori, 7 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 16 ta oliy malaka toifasiga ega shifokorlarni o'z ichiga oladi.
Filial turli joylashuvli va turli rivojlanish bosqichlaridagi onkologik jarayonlarda murakkab yuqori texnologiyali tekshirish usullari va tibbiy aralashuvlarni amalga oshirishga imkon beruvchi zamonaviy davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. Barvaqt diagnostika uchun polimeraz zanjirli reaktsiyadan (PZR) foydalangan holda onkomarkerlarga innovasion laboratoriya testlari o'tkaziladi.
Shinam palatalar bemorlar xizmatida, jumladan 8 tasi yuqori qulayliklarga ega bo'lib, alohida sanuzel, kondisioner, televizor, muzlatgich bilan jihozlangan.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali
Manzil:140107, O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, Qozizoda Rumiy ko'chasi, 73
Veb-sayt: www.t.me/ritoiatm_sf
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: travma.85@mail.ru
Tel: (+99866) 240-15-42, (+99866) 239-64-89
Faks:
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali 230 o'ringa ega 10 ta bo'limdan tashkil topgan. Har yili filialda 11 mingga yaqin bemorlar stasionar va 34 mingdan ortiq bemorlar ambulator shariotda davolanadi.
Filial travmatologiya va ortopediya, yuz-jag'jarrohligi, neyrojarrohlik, xirurgik stomatologiya yo'nalishlarida faoliyat olib boradi.
Filialda yirik bo'g'imlarni artroskopik davolash va endoprotezlash, umurtqa o'tkir patologiyalari diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullari, kranioplastika, stomatologik implantasiya keng qo'llaniladi.
Bemorlar uchun tashkil etilgan yuqori qulayliklarga ega palatalar alohida sanuzel, muzlatgich, televizor, kondisioner, Wi-Fi tarmog'i bilan ta'minlangan.
Bundan tashqari, mobil bemorlar va hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun Al-Buxoriy me'moriy majmuasi, Registon maydoni, Zarafshon qo'riqxonasi va boshqa tarixiy va madaniy meros ob'ektlariga tanishtiruvchi turistik sayohatlarni tashkil qilish imkoniyati ko'zda tutilgan.
Sirdaryo viloyati perinatal markazi
Manzil:120100, O'zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati,
Guliston shahri, Birlashgan ko'chasi, 1
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: ayoza@mail.ru
Tel: (+99867) 225-00-87
Faks:
Sirdaryo viloyati perinatal markazi 2008 yilda tashkil etilgan, 2019 yil fevral oyida markazning to'liq rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi va dekabr oylariga borib markaz yangi binoda ish boshladi.
Markaz perinatal davrdagi bolalar va ayollarga ixtisoslashgan yuqori malakali yordam ko'rsatadi.
Markaz 150 o'ringa mo'ljallangan bo'lib tarkibida quyidagi bo'limlar mavjud: I-II akusherlik bo'limlari, homilador ayollar patologiyasi, operasiya bloki, yangi tug'ilgan go'daklar reanimasiyasi, ginekologiya hamda diagnostika va maslahat poliklinkasi. 2019 yilda markaz eng zamonaviy apparatura bilan jihozlandi.
Markazda 46 nafar shifokor faoliyat yuritadi. Ulardan 80 foizi oliy toifaga ega. Markaz mutaxassislari Turkiya, Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkentda o'z malakalarini oshirishgan.
Markazda homilaning bachadonda va tug'ruq paytidagi hayotiy funktsiyalarini ko'rsatib beruvchi apparatlar bor. Markaz bemorlari Doppler-tekshiruvi va neyrosonografiyadan, shuningdek zamonaviy diagnostikaning boshqa ko'rinishlaridan o'tishadi. Laboratoriya bo'limida barcha turdagi klinik-laboratoriya tekshiruvlari, gormon tahlillari, V va S geppatit hamda Torch-infektsiyaga IFA tekshiruvi o'tkaziladi.
Perinatal markaz shahar markazida joylashgan. Markazga kelish yo'li qulay va ochiq, infratuzilma yaxshi rivojlangan. U kunu tun elektr energiyasi, suv, issiqlik manbai bilan ta'minlangan. Maqbul harorat "qish-yoz" kondisionerlari hisobiga yo'lga qo'yilgan.
Markaz bemorlari alohida sanuzel, dushxonaga ega qulay va shinam ikki va bir o'rinli palatalarga joylashtiriladi. Servis palatalarida muzlatgich, kondisioner, televizor mavjud. Markazda 16 turdagi fitochoylarni taklif etuvchi "fitobar" faoliyat olib boradi.
Sirdaryo viloyati tibbiy diagnostika markazi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati,
Guliston shahri, I. Karimov ko'chasi, 12A
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: diagnostika.meditsina@mail.ru
Tel: (+99867) 225-14-94
Faks:
Markaz 2008 yilda zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostika uskunalaridan foydalangan holda aholiga davolash va maslahat-diagnostika yordamini taqdim etish maqsadida tashkil qilingan. Markaz 2012 yildan o'zini o'zi moliyalashtirishga to'liq o'tkazilgan.
Markazda nevropatolog, akusher-ginekolog, oftalmolog, stomatolog, kardiolog, terapevt, jarroh, dermatovenerolog, urolog kabi turli ixtisoslikdagi 12 nafar shifokorlar faoliyat olib boradi hamda ularning yarmi oliy va birinchi malaka toifasiga ega.
Markaz 250 ta ambulator qabulga mo'ljallangan bo'lib, shuningdek, bu erda 19 ta o'ringa ega stasionar bo'lim ham mavjud.
Markaz uskunalari funktsional-diagnostik apparatlar: 18-kanalli "SUPROMED-EEG/18" elektroentsefalograf, 12-kanalli "BTL – 08 MT PLUS ECG" elektrokardiograf, "AOHUA" videogastroskop, "ALOKA 650 SSD" ultratovush tekshiruvi apparati va boshqa zamonaviy laboratoriya uskunalarini o'z ichiga oladi.
Davolash jarayonida fizioterapevtik davolash usullari, ignaterapiya, massaj va boshqalar keng qo'llaniladi.
Stasionar bo'limning barcha palatalari ikki o'rinli. Ularning har birida alohida sanuzel va vanna, kunu tun issiq va sovuq suv, televizor va kondisioner mavjud.
Surxondaryo viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri, Salomatlik ko'chasi, 2
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: sherzod.xolturaev@bk.ru
Tel: (+99876) 223-74-08, (+99876) 223-72-09
Faks:9876) 223-61-43
Markaz 1924 yilda asos solingan viloyat shifoxonasi negizida tashkil qilingan. Muassasa viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi maqomiga 2007 yilda ega bo'lgan.
Bugungi kunda markaz viloyat aholisiga davolash-diagnostika va profilaktik yordam, shuningdek viloyat tibbiyot muassasalariga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatayotgan 400 o'rinli yirik tibbiyot muassasasidir. Markaz Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali uchun klinik baza hisoblanadi.
Markazning tarkibiy tuzilmasiga 190 o'rinli jarrohlik bloki kiradi. Blok neyrojarrohlik, yiringli jarrohlik va proktologiya, urologiya, jarohat asoratlari va ortopediya, Otorinolaringologiya, oftalmologiya, anesteziologiya va reanimasiya bo'limlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari 210 o'ringa mo'ljallangan terapevtik blok kardiologiya, gematologiya, gastroenterologiya, nevrologiya, allergologiya bilan pulmonologiya bo'limlaridan iborat. Shuningdek, markazda smenasiga 100 ta qabulga mo'ljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasi va klinik-biokimyoviy laboratoriya mavjud.
Markazning jihozlanishi va kadrlar salohiyati tibbiyotning barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy davolash-diagnostika aralashuvlarini yuqori professional darajada o'tkazish imkonini beradi.
Kondisioner, televizor, muzlatgich va boshqa qulayliklarga ega shinam palatalar bemorlar xizmatida.
Bundan tashqari Al-Hakim-at-Termiziy me'moriy majmuasiga sayr qilish imkoniyati mavjud.
Surxondaryo viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri, I.Karimov ko'chasi, 121
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: surxon.teri-tanosil@mail.ru
Tel: (+99876) 223-11-93, (+99876) 223-13-94
Faks:
Dispanser 2019 yildan buyon investision dastur asosida qurilgan yangi binoda faoliyat olib bormoqda.
Dispanser faoliyatining asosiy yo'nalishi teri-tanosil kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni dispanser kuzatuviga olish, profilaktika, diagnostika va davolashdan iborat.
Dispanser o'z tarkibiy tuzilmasida bolalar va kattalar uchun 80 o'rinli stasionar bo'lim, smenasiga 80 ta qabulga mo'ljallangan ambulator bo'lim, fizioterapiya bo'limi va laboratoriyaga ega.
Kadrlar tarkibi oliy malaka toifasiga ega shifokorlardan tashkil topgan.
Dispanserda ham kunu tun, ham kunduzgi stasionar sharoitlarda nafaqat viloyat, balki yordam so'rab murojaat etgan chet el fuqarolarining turli bakterial va zamburug'li kasalliklarini zamonaviy laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari yordamida kompleks tekshirish va davolash amalga oshirilmoqda.
Barcha qulayliklarga ega o'ta shinam 4, 2 o'rinli palatalar bemorlar xizmatida.
Istak bildirganlar Al-Hakim-at-Termiziy me'moriy majmuasini ziyorat qilishi mumkin.
Surxondaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri, Sherobod ko'chasi, 135
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: termizdots@mail.ru
Tel: (+99876)227-01-46
Faks:
Markazning tashkil etilishi tarixi 1936 yilga, ya'ni viloyat shifoxonasida sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun 10 o'rinli bo'lim ochilgan davrga borib taqaladi. 1998 yilda viloyat silga qarshi shifoxonasi va shu nomdagi dispanserni birlashtirish yo'li bilan viloyat silga qarshi dispanseri tashkil qilindi va u 2019 yilda viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi maqomini oldi.
Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishi zamonaviy metodika va texnologiyalardan foydalangan holda sil kasalliklarini barvaqt diagnostika qilish, differentsial diagnostika, davolash (jumladan, jarrohlik) va profilaktikasidan iborat.
Markazning tarkibiy tuzilmasi jami 285 o'rinli ftiziatriya, diagnostika, pulmonologiya, o'pkadan tashqari patologiya, torakal, bolalar stasionar bo'limlarini, smenasiga 90 ta qabulga mo'ljallangan dispanser bo'limi, shuningdek yordamchi bo'limlarni o'z ichiga oladi.
Kadrlar tarkibi asosini oliy malaka toifasiga ega shifokorlar, jumladan 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi tashkil qiladi.
Markaz yuqori texnologiyali operasiyalarni o'tkazishga imkon beruvchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Markaz bo'limlarida bemorlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
Surxondaryo viloyati endokrinologiya dispanseri
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri, Navbahor ko'chasi, 1 uy
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: shaxzodjon.abduraxmonov.99@mail.ru
Tel: (+99876) 225-01-82, (+99876) 225-05-76
Faks:
Dispanser investision loyiha bo'yicha qurilgan binoda 2016 yildan buyon faoliyat olib boradi.
Faoliyatning asosiy tarmog'i viloyat aholisiga endokrinologik davolash-diagnostika (jumladan, jarrohlik) va profilaktik yordam ko'rsatishga qaratilgan.
Dispanser tarkibiy tuzilmasida stasionar (120 o'rin), dispanser (smenasiga 100 ta qabul), fizioterapevtik bo'limlari, shuningdek laboratoriya va yordamchi bo'limlar mavjud.
Kadrlar tarkibi endokrinolog, okulist, ginekolog, nevropatolog, jarroh, otorinolaringolog, urolog-androlog, pediatr kabi turli ixtisoslikdagi shifokorlardan iborat.
Ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda dispanser bemorlariga gormonal-medikamentoz (dori-darmonlar bilan) yoki xirurgik davolash o'tkaziladi. Konservativ davolashda tuz g'ori, qumli va vodorod sulfidli vannalar, fizioterapevtik va fitoterapevtik usullar keng qo'llaniladi.
Barcha qulayliklarga ega shinam (jumladan, lyuks) palatalar bemorlar xizmatida.
Kunduzgi stasionar sharoitlarida tekshiruv va davolash kursidan o'tish imkoniyati mavjud.
Bemorlarning istagi bilan Al-Hakim-at-Termiziy me'moriy majmuasiga sayr qilish mumkin.
Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining "Metallurg" shahar shifoxonasi
Manzil:110502, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati,
Bekobod shahri, Andijon ko'chasi, 1
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: metallurg_shifohonasi@mail.ru
Tel: (+99870) 214-49-23
Faks: (+99870) 214-49-23
Shifoxona 1982 yilda Bekobod metallurgiya kombinatining tibbiy-sanitariya qismi sifatida tashkil qilingan. Ayni kunda shifoxona Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining "Metallurg" shahar shifoxonasi mustaqil maqomiga ega va 2012 yildan buyon to'liq o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga asosan faoliyat olib bormoqda.
Faoliyatning asosiy yo'nalishi Toshkent viloyati Bekobod tumani, shuningdek respublika va viloyatning boshqa hududlari aholisiga stasionar sharoitlarda yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Shifoxona 98 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, ulardan 50 tasi umumiy terapiya bo'limi, 20 tasi umumiy jarrohlik bo'limi, 8 tasi intensiv terapiya bo'limi va 20 tasi kunduzgi stasionarda joylashgan.
Shifoxonada turli ixtisoslikdagi (terapevt, nevropatolog, kardiolog, jarroh) shifokorlar faoliyat yuritadi, ularning yarmidan ko'pi oliy va birinchi malaka toifasiga ega.
Shifoxona kasalliklarni diagnostika qilish va davolash ishlarini zamon darajasida amalga oshirishga imkon beruvchi multispiral kompyuter tomografiyasi, Xolter monitorlash apparati, UTT apparati va boshqa klinik-diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan.
Har bir bo'limda yuqori qulaylikka ega palatalar tashkil etilgan bo'lib, ularning hammasi zarur inventar, maishiy texnika (televizor, muzlatgich, kondisioner), oshxona va gigiena buyumlari, alohida sanuzel bilan ta'minlangan.
Shifoxona hududida stadion mavjud, landshaft dizayni favvora, daraxtlar va gullarni o'z ichiga oladi. Avtomashinalar va velosipedlar uchun turargoh tashkil etilgan.
Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi
Manzil:100096, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Chilonzor tumani, 5-daha, Bunyodkor ko'chasi, 12
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: jasur5808@mail.ru
Tel: (+99871) 277-73-00
Faks: (99871) 277-72-62
Shifoxonaga 1971 yilda asos solingan bo'lib, somatik profildagi bemorlarni stasionar davolash muassasa faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Shifoxonaning tuzilmasi jami 140 o'ringa ega kardiologiya, nevrologiya, terapiya va pulmonologiya stasionar bo'limlari hamda maslahat-diagnostika bo'limini o'z ichiga oladi.
Shifoxonada 25 nafar shifokor faoliyat olib boradi, ulardan 2 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 15 nafari oliy malaka toifasiga ega.
Shifoxonaning zamonaviy klinik-diagnostika va laboratoriya uskunalari diagnostika va davolash jarayonlarini yuqori sifat darajasida amalga oshirish imkonini beradi.
2014 yildan shifoxona noto'liq (80 foiz) o'zini o'zi moliyalash tamoyillari asosida faoliyat olib boradi va pulli tibbiy xizmatlarni ko'rsatadi.
Barcha sanitariya-gigiena normalariga javob beruvchi standart palatalardan tashqari har bir bo'limda lyuks-xonalar ham mavjud bo'lib, ular barcha zarur inventar, maishiy texnika (televizor, muzlatgich, kondisioner), oshxona va gigiena buyumlari, alohida sanuzel bilan ta'minlangan.
Shifoxona hududi obodonlashtirilgan va ko'kalamzorlashtirilgan. Avtomobillar va velosipedlar uchun turargoh tashkil etilgan. Puxta o'ylangan landshaft dizayni, shuningdek favvora, gullar, dekorativ butalar va daraxtlar ishtirokida yaralgan mikroiqlim relaksasiyaga hamda shifoxonaga tashrif buyuruvchilar va bemorlarda ko'tarinki kayfiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali
Manzil:100200, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, Taxtapul darvoza ko'chasi, 341
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: toodis@mail.ru;
Tel: (+99871) 240-38-07, (+99871) 240-35-06;
Faks:
Toshkent shahrida 1926 yilda tashkil qilingan onkologiya xizmatidagi eski dispanserlardan birining negizida (Leningrad va Moskva dispanserlaridan keyin) ushbu Markaz filialiga asos solingan.
Bir qator qayta tashkil etish va qayta nomlanishlardan so'ng muassasa Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali maqomiga ega bo'ldi.
Onkologik bemorlar diagnostikasini va ixtisoslashgan davolash ishlarini imkon qadar kasallikning erta bosqichida zamon darajasida amalga oshirish, shuningdek onkologik kasalliklar profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va o'tkazish filial faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Bugungi kunda filial tuzilmasida smenasiga 80 ta qabulga mo'ljallangan poliklinika, keng spektrdagi diagnostika tekshiruvlari o'tkaziladigan 3 ta diagnostika va 9 ta klinik (240 ta o'rinli) bo'lim faoliyat olib boradi.
Filial zamonaviy davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. Kadrlar tarkibi onkologiya kafedrasi xodimlari va tajribali onkolog-mutaxassislarni, jumladan hamma vaqt zarur yordam ko'rsata oladigan 5 nafar professor, 2 ta dosent, oliy malaka toifasiga ega shifokorlarni o'z ichiga oladi,
Torako-abdominal jarrohlik, onkourologiya va umumiy onkologiya, mammologiya, kimyo terapiyasi, radioterapiya, onkoginekologiya va boshqa stasionar bo'limlarda filial shifokorlari tomonidan zamonaviy yuqori texnologiyali jarrohlik operasiyalari hamda kimyo terapiyasining target usullari amalga oshiriladi.
Barcha sanitariya talab va normalariga javob beruvchi shinam palatalar tashkil qilingan, shuningdek kondisioner va alohida sanuzel bilan ta'minlangan yuqori qulayliklarga ega palatalar ham mavjud.
Ibn Sino nomidagi Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 40
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: tshk.sh.klinik.sh-1@minzdrav.uz
Tel:(+99871) 242-16-08, (+99871) 242-07-98
Faks: (+99871) 242-16-08
Shahar 1-son klinik shifoxonasi nafaqat poytaxt, balki O'zbekiston Respublikasining yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan eng yirik ko'p tarmoqli shifoxonalaridan biridir. Klinikada terapiya va jarrohlikning 13 ta profiliga mo'ljallangan 18 ta davolash bo'limlari joylashgan. Klinika tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining va Toshkent tibbiyot akademiyasining 7 ta kafedrasi uchun klinik baza hisoblanadi. Klinika Toshkent shahrining kunu tun poytaxt va respublika aholisiga kechiktirib bo'lmas shoshilinch yordam ko'rsatuvchi asosiy stasionarlaridan biri sanaladi.
Klinika davlat tomonidan kafolatlangan yuqori malakali ixtisoslashgan shoshilinch va rejali, shuningdek, pulli stasionar va ambulator tibbiy yordam ko'rsatadi. Ushbu jahon standartlari darajasida amalga oshiriladigan xizmatlar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha olib boriladi: revmatologiya, kardiologiya, pulmonologiya, terapiya, nevrologiya, allergologiya, endokrinologiya, toza xirurgiya, yiringli xirurgiya, mikroxirurgiya, urologiya, kambustiologiya, Otorinolaringologiya, ortopediya bilan travmotologiya va praktologiya.
Har yili shoshilinch ko'rsatkichlar bo'yicha va rejali tartibda O'zbekiston Respublikasining turli hududlaridan, shuningdek Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston, Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Turkiya va boshqa yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan kelgan, xirurgik va somatik kasalliklardan aziyat chekayotgan 105 ming nafardan ziyod bemorlar mazkur klinikaga murojaat qilishadi. Har yili 21 ming nafardan ortiq bemorlar stasionar tekshiruv va davolashga yotqiziladi.
Klinikada fizioterapiya bo'limining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda sog'lomlashayotgan bemorlar bilan tiklovchi davolash muolajalarini o'tkazish uchun fizioterapiya va reabilitasiya bo'limi faoliyat yuritadi.
Bo'limlarda bemorlar o'zini yaxshi va qulay his qilish, zamonaviy diagnostika va davolash yordamini to'liq olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Klinika hududiga yaqin joylarda sayohlarda katta qiziqish uyg'otishga qodir "suzuk-ota" tarixiy masjidi, "Ko'kcha" masjidi, "eski shahar" qadimiy aholi punkti, "eski Jo'va" asosiy oziq-ovqat bozori o'rin egallagan.
I.Ergashev nomli Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'chasi, 1
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: 4-shksh@minzdrav.uz
4-shksh@minzdrav.uz.
Tel: (+998 71) 296-14-22, (+998 71) 230-19-20
Faks: (+998 71) 296-14-22
1954 yilda V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi sifatida tashkil etilgan. 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining buyrug'iga asosan I.Ergashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi shaklida qayta nomlandi.
Asosiy klinik yo'nalishlari: kardiologiya, travmatologiya, terapiya, nevrologiya, xirurgiya, pediatriya, ginekologiya va homilador ayollarga tibbiy yordam ko'rsatish.
Reabilitasiya, jarrohlik, kardiologiya, ginekologiya bo'limlarida bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan lyuks va yarimlyuks palatalar tashkil qilingan.
Shifoxona Toshkent shahrida joylashganini inobatga olgan holda, bemorlar va ularning qarindoshlari uchun shahrimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Xorazm viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati,
Urganch shahri, y. Bobojonov ko'chasi, 2, 1 PR.
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: xvkttm@bk.ru
Tel.: (+99862) 228-11-22
Faks:
Markaz 1926 yilda viloyat 1-sonli shifoxonasi sifatida tashkil etilgan va Orolbo'yi mintaqasida barpo etilgan eng birinchi davolash muassasalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda markazda zamonaviy apparatura va kompyuter tomografiyasi bilan jihozlangan kunduzgi stasionarga ega maslahat poliklinikasi, kuchli diagnostika bo'limi mavjud. Jarrohlik blokida abdominal, torakal, septik, qon tomir, plastik jarrohlik, neyrojarrohlik, LOR bo'limlari hamda ortopediya va travmatologiya bo'limlari faoliyat olib boradi. Terapevtik blok pulmonologik, gematologik, fizioterapevtik, nevrologik, nefrologik, revmatologik, gastroenterologik va gemodializ bo'limlaridan tashkil topgan. Umumiy koykalar miqdori 442 o'rindan iborat bo'lib, keng spektrdagi kasalliklarni davolashda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatiladi. Xususan, bu erda karotid endarterektomiya – ichki uyqu arteriyasida rekonstruktiv (tiklash) operasiyalar o'tkaziladi, mikroskop yordamida miyaning chuqur bo'limlarida joylashgan o'smalarni jarrohlik yo'li bilan davolash bo'yicha operasiyalar, umurtqani bir bosqichli TPF va Keyjplastinalar yordamida stabillashtirish bo'yicha operasiyalar, gemangiomada vertebroplastika (umurtqani tsementlash) operasiyalari, tos va son suyaklarini tutashtiruvchi bo'g'imni endoprotezlash, tizza bo'g'imida artroskopik aralashuvlar, ko'krak qafasi deformasiyalarini jarrohlik yo'li bilan to'g'irlash, abdominal patologiyada Laparoskopik aralashuvlar, koxlear implantasiya, gemodializ va HK. yo'lga qo'yilgan.
Markazning kadrlar tarkibi 149 nafar shifokorni o'z ichiga oladi, shundan 2 nafari tibbiyot fanlari doktori va 10 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 71 nafar shifokor oliy toifaga ega. Aksariyat shifokorlar Toshkent, Samarqand, Ukraina, Turkiya, Rossiya, Qozog'istonda o'z malakalarini oshirgan.
Standart palatalardan tashqari yuqori qulayliklarga (televizor, muzlatgich, kondisioner, alohida sanuzelga) ega 10 ta lyuks-xonalar ham tashkil etilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Urganch filiali
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati,
Urganch tumani, Yuqoribog'qishlog'i, nurli yo'l ko'chasi, 1
Veb-sayt: www.cardiokhorezm.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: cardiohorezm@gmail.co
Tel: (+99862) 353-53-13, (+99895) 602-16-89,
(+99895) 602-16-88
Faks:
Markaz filiali 1991 yilda kardiologiya dispanseri sifatida o'z faoliyatini boshladi. 2005 yilda kardiologiya dispanseri viloyat kardiologiya markazi shaklida qayta tashkil etilib, kardiojarrohlik bo'limi ham unga ko'chirildi. 2010 yilda kardiojarrohlik bo'limi uchun alohida blok bunyod etildi. 2017 yilda zamonaviy angiografiya qurilmasi bilan jihozlangan interventsion kardiologiya bo'limi ochildi.
Nafaqat Xorazm viloyati, balki Orolbo'yi mintaqasining aholisiga ixtisoslashgan kardiologik va kardiojarrohlik yordamini ko'rsatish filial faoliyatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Filialda intensiv terapiya blokiga ega kardiologiya, orttirilgan yurak nuqsonlari va yurak ishemik kasalligi, tug'ma yurak nuqsonlari, reanmasiya bo'limiga ega (jami 115 o'rinli) operasiya bloki, shuningdek smenasiga 75 qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinikasi mavjud. Bu erda har yili 25000 nafar bemor ambulator yordam va maslahat oladi, 4600 nafar bemor stasionar davolanishdan o'tadi. Yildan-yilga bemorlarning murojaatlari soni ortib bormoqda.
Filialda bemorlarning salomatligini tiklash yo'lida quyidagi yuqori texnologiyali tekshiruvlar amalga oshiriladi: qizilo'ngach orqali va 3D formatda exokardiografiya, braxitsefal va periferik arteriyalar dopplerografiyasi, koronar va periferik arteriyalar angiografiyasi, tomirlararo ultratovush tekshiruvi, EKG Xolter monitorlash, arteriya bosimini sutkalik monitorlash, qonning biokimyoviy va gazli tarkibini aniqlash, dobutamin test va boshqa tekshiruvlar. Davolashning quyidagi yuqori texnologiyali usullari amalga oshiriladi: o'tkir miokard infarktida va o'tkir koronar sindromda shoshilinch koronarografiya, koronar va periferik arteriyalarni stentlash, og'ir darajali yurak ritmi buzilishida elektroimpuls terapiya, elektrokardiostimulyatorni o'rnatish, tug'ma va orttirilgan yurak nuqsonlari, aortokoronar shuntlash va anevrizmektomiya, yurak klapanlarining protezlash bilan aortokoronar shuntlash.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati,
Urganch shahri, y. Bobojonov ko'chasi, 2
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info.horezmfrsmg@minzdrav.uz
Tel.: (+99862)228-10-08
Faks:
Markaz filiali poytaxtdan uzoqda joylashgan chekka hudud aholisiga yuqori malakali va ixtisoslashgan oftalmologik yordam ko'rsatish imkoniyatini kengaytirish hamda nomarkazlashtirish maqsadida 2006 yilda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan tashkil qilingan.
Filial tarkibiy tuzilmasida 50 ta o'ringa ega stasionar bo'lim va smenasiga 100 qabulga mo'ljallangan qabul-diagnostika bo'limi mavjud. Filial lazer apparati, fakoemulsifikator, periferik ko'ruv maydonini tekshirish kompyuter apparati, optik kogerent tomografiya apparati kabi zamonaviy diagnostika uskunalari bilan ta'minlangan.
Filialning yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan jamoasi tomonidan antiglaukomatoz operasiya, fakoemulsifikasiya yo'li bilan kataraktani olib tashlash, g'ilaylik va qovoq kasalliklarida, pterigiumektomiya, autoplastika bilan pterigiumektomiya kabi yuqori texnologiyali jarrohlik aralashuvlari hamda boshqa davolash-diagnostika muolajalari amalga oshiriladi.
Filialning barcha palatalari 2 o'rinlik, xorijlik bemorlar uchun televizor, muzlatgich va alohida sanuzelga ega lyuks-platalar tashkil qilingan.
Filial hududi ko'kalamzorlashtirilgan va shifobaxsh mikroiqlimga ega.
Bemorlarning istagi bilan davolash-diagnostika muolajalarini "Avesto" majmuasi bo'ylab qiziqarli ekskursiyalar, shuningdek qadimiy muzey-shahar hisoblangan Xivaga sayohat bilan uyg'unlashtirish mumkin.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati,
Urganch shahri, tinchlik ko'chasi, 29
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: ngozal@bk.ru;
Tel: (+99862)228-58-53
Faks:
Markaz filiali poytaxtdan uzoqda joylashgan chekka hudud aholisiga yuqori malakali va ixtisoslashgan urologik yordam ko'rsatish imkoniyatini kengaytirish hamda nomarkazlashtirish maqsadida 2006 yilda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan tashkil qilingan.
Filial tuzilmasida 20 ta o'ringa ega 2 ta urologiya bo'limi, 10-o'rinli endourologiya bo'limi, 4-o'rinli gemodializ palatasi, shuningdek smenasiga 100 ta qabulga mo'ljallangan qabul-diagnostika bo'limi mavjud. Filial raqamli rentgen-apparati, dopplerografiya bilan UTT apparati, urofloumetr, immunofermentli va gematologik analizator kabi zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.
Filialning urolog, androlog, nefrolog, terapevt, UTT shifokorlari, rentgenolog va laborant-shifokorlardan tarkib topgan yuqori malakali mutaxassislarga ega jamoasi tomonidan qovuq va prostata bezining transuretral rezektsiyasi, perkutan nefrolitotripsiya, ureterolitotripsiya, ureterolitoekstraktsiya, Laparoskopik operasiyalar, masofaviy zarba-to'lqinli litotripsiya kabi zamonaviy yuqori texnologiyali kaminvaziv (endourologik) aralashuvlar amalga oshiriladi.
Bemorlar o'z istagiga ko'ra uch toifadagi: standart, yarimlyuks va lyuks palatalarga joylashtiriladi. Yarim-lyuks va lyuks xonalarda alohida dush va sanuzel, televizor, muzlatgich, mikroto'lqinli pech va kondisioner mavjud.
Bundan tashqari, bemorlar davolash-diagnostika muolajalarini "Avesto" majmuasi bo'ylab qiziqarli ekskursiyalar, shuningdek qadimiy muzey-shahar hisoblangan Xivaga sayohat bilan uyg'unlashtirishi mumkin.
Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun "Taxiatosh" sanatoriysi
Manzil:Qoraqalpog'iston Respublikasi, Taxiatosh tumani,
Ernest ko'chasi (raqamsiz)
Veb-sayt:
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: madaminov67@mail.ru;madaminov_67@umail.uz
Tel: (+99861) 572-34-45
Faks:
Sanatoriy 1978 yilda Taxiatosh GRES sanatoriy-profilaktoriy sifatida tashkil etilgan. U 2019 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi vakolatiga o'tkazildi.
Sanatoriy faoliyatining asosiy yo'nalishi – tayanch-harakat apparati va asab tizimi kasalliklarini zamonaviy fizioterapevtik va apparatlar yordamida davolash.
Sanatoriy 1,3 ga maydonda joylashgan va 3 qavatli binoni egallaydi. Ushbu binoning 2 - va 3-qavatida palatalar joy egallagan. Koykalar miqdori 112 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, ulardan 37 tasida pulli tibbiy xizmat ko'rsatiladi. Barcha qulayliklarga ega palatalarning hammasi 2 o'rinli. Bundan tashqari zamonaviy va sifatli mebel, televizor, muzlatgich, Internet, idish-tovoq bilan ta'minlangan 4 ta lyuks-palatalar o'ta shinam va qulay. Sanatoriyda 4 mahal issiq ovqat tashkillashtirilgan.
Zamonaviy fizioterapevtik elektr asboblar, Nuga Best massaj karavoti, kedrli fitobochka, umurtqani cho'zish apparati, ozonoterapiya apparati va boshq. sanatoriy jihozlanishini tashkil qiladi.
Bemorlarning dam olish vaqtida sahna ustalari va bolalar ishtirokidagi kontsert dasturlari, tsirk tomoshalari, tarixiy joylar va I.V.Saviskiy muzeyi bo'ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.
