Turistlarni qabul qiladigan respublika tibbiyot markazlari
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100124, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasi,132a
Веб-сайт:www.uzaig.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@uzaig.uz; aig@uzakusherstvo.uz
Tel: (+99871) 263-84-83; (+99871) 263-47-50
Faks: (+99871) 263-84-83; (+99871) 263-47-50
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2007 yilda akusherlik va ginekologiya ilmiy-tekshirish instituti negizida tashkil qilingan. U respublikaning bosh ixtisoslashtirilgan tarmoqli muassasasi hisoblanadi.
Markazning tarkibiy tuzilmasida 10 ta bo'limdan iborat bo'lgan 178 o'rinli stasionar hamda ilmiy-tashxis poliklinikasi mavjud.
Bu erda odatdagi homila tushishi, plasenta etishmovchiligi, bepushtlik, homila va yo'ldoshning turli patologiyalarida fetal xirurgiyadan foydalangan holda kompleks davolash amalga oshiriladi, jinsiy a'zolarda yirik o'smalar aniqlanganda organni saqlab qoluvchi yuqori texnologiyali xirurgik davolash hamda organni saqlab qolish uchun boshqa xirurgik amaliyotlar va rekonstruktiv-plastik operasiyalar o'tkaziladi.
Markaz stasionarida yuqori qulayliklarga ega palatalar mavjud. Superlyuks xonalarda zamonaviy mebel jihozlari va maishiy texnika ya'ni muzlatgich, elektr choynak, kiyimlar uchun sig'imdor javon-kupe, kreslo, jurnal stolchasi, iqlim nazoratiga ega kondisioner, bepul wi-fi, shuningdek sanitariya-gigiena qoidalarini amalga oshirish uchun alohida dush va hojatxona bor.
Bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar diagnostika va davolanish jarayonini Ko'kaldosh madrasasi, Shayxontohur va Zangiota majmualari, Hazrati Imom me'moriy ansambli, Jomiy, tilla Shayx va Namozgoh masjidlari, shuningdek boshqa ko'pgina tarixiy va madaniy meros ob'ektlari bo'ylab sayohat bilan uyg'unlashtirishi mumkin.
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil: 100059, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi, 42 A
Veb-sayt: www.gematologya.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info.niigem@minzdrav.uz
Tel.:(+99871) 278-79-35
Faks:(+99871) 273-63-16
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi O'zbekistondagi gematologik va onkogematologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashga ixtisoslashgan yagona tibbiy muassasa hisoblanadi.
Markaz ilmiy, diagnostika va klinik bo'limlardan iborat ilmiy-amaliy majmuadir. Bugungi kunda u yirik ta'lim va ilmiy markaz bo'lib, uning negizida tibbiyot institutlarining 3 ta kafedrasi faoliyat olib bormoqda.
Klinikaning tarkibiy tuzilishiga quyidagi asosiy bo'limlar kiradi:
- maslahat-diagnostika poliklinikasi;
- 2 ta bolalar gematologiya bo'limlari;
- 2 ta kattalar gematologiya bo'limlari;
- o'zak hujayralar transplantasiyasi markazi;
- gemofiliya va qon depressiyasi tizimi markazi;
- qonni ekstrokorporal tozalash bo'limi;
- kunduzgi stasionar va boshqalar.
Markaz Rossiya, Turkiya, Ukraina, Chexiya, Germaniya, Gollandiya va Yaponiya kabi davlatlarning tibbiy muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirib, xalqaro jamiyatlarning (Butunjahon gemofiliya tashkiloti, TIKA, mehr nuri, GIPAP) ishida ishtirok etadi.
Tibbiy genetika laboratoriyasi negizida tsitogenetika, molekulyar genetika bo'limlari hamda ildiz hujayralarni (hujayralar texnologiyasi) o'rganish bo'limi tashkil etilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100109, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani,Farobiy ko'chasi, 2
Веб-сайт:www.dermatology.uz; www.venereology.uz;
www.cosmetology.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: niidiv@mail.ru
Tel: (+99871) 214-50-98
Faks: (+99871) 214-50-68
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2014 yilda O'zbekiston dermatologiya va venerologiya ilmiy-tekshirish instituti negizida tashkil etilgan.
Dermatologiya, venerologiya, kosmetologiya, mikologiya, plastik jarrohlik, soch ekish, podologiya va boshqa yo'nalishlar bo'yicha ixtisoslashtirilgan dermatovenerologik va kosmetologik yordam ko'rsatish faoliyatning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Markazning tarkibiy tuzilmasi 160 o'rindan iborat klinika, bir smenada 100 qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinikasi va yordamchi bo'limlarni o'z ichiga oladi. Markaz shtatida 96 nafar shifokor mavjud bo'lib, ulardan 13 nafari tibbiyot fanlari doktori, 23 nafari tibbiyot fanlari nomzodidan iborat.
Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining teri va tanosil kasalliklar kafedrasining o'quv bazasi hisoblanadi. Bu erda quyidagi bir qator zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy, diagnostika va sog'lomlashtirish xizmatlari ko'rsatiladi, ya'ni vitiligo kasalligida automelanositlarni ko'chirib o'tkazish, soch, qosh ekish, videotrixodermatoskopiya, jinsiy a'zolar autoplazma-terapiyasi, ilg'or lazer texnologiyalardan foydalangan holda plastik va estetik jarrohlik, dermatozlarning og'ir shaklida gistologik va immunogistokimyoviy tekshirishlar, fizioterapevtik davolash usullari.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'chasi, 4
Веб-сайт:www.cardiocenter.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@cardiocenter.uz; cardiocenter@mail.ru
Tel: (+99871) 237-36-88,(+99871) 237-39-09
Faks: (+99871) 234-16-67
Izoh va tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2003 yilda aholini xalqaro standartlar darajasida malakali kardiologik yordam bilan ta'minlash, amaliy sog'liqni saqlashga kardiologik bemorlarni davolash va diagnostika qilishning zamonaviy usullarini tatbiq etish maqsadida kardiologiya ilmiy-tekshirish instituti negizida tashkil qilindi.
Tashkiliy tuzilmasi markaz ilmiy-tekshirish laboratoriyalari, 241 o'rinli stasionar va bir smenada 250 qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinikadan iborat. Bu erda O'zbekistonda birinchi marta shoshilinch kardiologiya, yurak ishemik kasalliklari, aritmiya, miokardning qon aylanishi etishmovchiligi va nokoronarogen patologiyalari, arterial gipertoniya, kardio-tserebral patologiya, reabilitasiya, murakkab aritmiyalarning eft-diagnostikasi va jarrohlik usuli bilan davolash, rentgenendovaskulyar jarrohlik, yurakning metabolik buzilishlari bilan kechuvchi kasalliklari bo'limlari tashkil etilgan. Markazda har yili 8 mingdan ziyod bemorlarga stasionar, qariyb 40 mingdan ortiq bemorlarga ambulatoriya sharoitida yordam ko'rsatiladi.
Markazda bugungi kunda 524 nafar xodim faoliyat olib boradi, ulardan 17 nafar tibbiyot fanlari doktorlari va 28 nafar tibbiyot fanlari nomzodlaridir.
Markazga O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston kardiologlari assosiasiyasi Prezidenti, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 2019 yilda Evropa kardiologlar jamiyatining faxriy a'zosiga aylangan Ravshanbek Davletovich Qurbanov 2020 yilgacha rahbarlik qilgan.
Markaz bemorlari uchun yuqori qulayliklarga va servis xizmatlarining kengaytirilgan ro'yxatiga ega palatalarni tanlash imkoniyati taqdim etilgan. Markazda mutolaa zaliga ega kutubxona faoliyat olib boradi. Bemorlar va mehmonlar Gippokrat davridan to bugungi kungacha dunyo tibbiyoti rivoji haqida so'zlovchi respublikadagi birinchi kardiologiya muzeyi bilan tanishishi, shuningdek Toshkent shahridagi madaniy va tarixiy meros ob'ektlari bo'ylab sayohat qilishi mumkin.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Uchtepa tumani, kichik halqa yo'li ko'chasi, 14
Веб-сайт:www.eyecenter.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: eye-center@inbox.ru
Tel: (+99871) 217-38-45, (+99871) 217-49-34
Faks: (+99871) 217-49-37
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2004 yilda Toshkent viloyati ko'z mikroxirurgiyasi markazi negizida tashkil etilgan. 2009 yildan Markaz respublikaning oftalmologiya bo'yicha bosh muassasasiga aylanib, mamlakatning barcha oftalmologik xizmatining tashkiliy-uslubiy rahbarligini amalga oshirib kelmoqda.
Markazda 90 o'rindan iborat stasionar bo'limlari, bir smenasiga 250 ta qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinika, 10 ta mikroskopga ega 4 ta jarrohlik bloki, 6 ta zamonaviy fakoemulsifikator va vitreotomga ega jarrohlik bloki, markazlashgan sterilizasiya bo'limi, klinik-biokimyoviy laboratoriya va yordamchi bo'limlar faoliyat olib boradi.
Markazda quyidagilar joriy etilgan va muvaffaqiyatli tarzda olib boriladi:
- kataraktani jarrohlik yo'li bilan davolashning "oltin" standarti;
- katta yoshlilar hamda bolalarda intraokulyar linzalarning turli modellari implantasiyasi bilan fakoemulsifikasiya usuli;
- refraktsiya anomaliyalarini intraokulyar refraktsion jarrohlik yo'li bilan davolash;
- glaukoma jarrohligida ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan, ko'z ichki bosimining turg'un normallashuvini ta'minlovchi tizimli yondashuvlar;
- muguz pardaning turli patologiyalarida keratoplastika va amnioplastika;
- ko'z yoshi yo'lining berkilib qolishida jarrohlik aralashuvi, qovoqlar plastik operasiyasi, g'ilaylikni to'g'rilash;
- ko'z soqqasining old va orqa qismi kasalliklarida lazer operasiyalar, shuningdek eksimer fotoablyasiyadan foydalangan holda keratorefraktsion jarrohlik.
Ambliopiya va g'ilaylikdan aziyat chekkan bolalarni maxsus kompyuter dasturlaridan foydalangan holda ambulator davolash amalga oshiriladi.
Markazda 40 nafar shifokor faoliyat olib boradi, ulardan 6 nafari tibbiyot fanlari doktor va 9 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 70% shifokorlar oliy toifalarga ega.
Qulay va shinam palatalar bemorlar xizmatiga shay, VIP palatalar kondisioner, televizor, muzlatgich, WiFi bilan jihozlangan.
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100142, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzoulug'bek tumani, Humoyun mavzesi, 40
Veb-sayt: www.neuro.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: uzneurosurgery@gmail.ru
Tel: (+99871) 264-96-22, (+99871) 264-96-30
Faks:(+99871) 264-96-16
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2017 yilda Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi (uning tashkilotchisi va birinchi direktori tibbiyot fanlari doktori, professor M.X.Qoriev bo'lgan) negizida asos solingan. Markaz kompleks ilmiy-tadqiqot, maslahat-uslubiy va davolash muassasasi sifatida tashkil etilgan bo'lib, unda neyroxirurglar bilan birga o'zaro yaqin kasblar mutaxassislari ham faoliyat olib boradi.
Ushbu tamoyil mamlakatdagi neyroxirurgiya shakllanishining jadal borishini har tomonlama hal qildi va kompyuter tomografiyasi yordamida neyrorentgenologiya, otonevrologiya va neyrooftalmologiya, neyrofiziologiya, psixoneyroxirurgiya va boshqa yangi fanlarning rivojlanishiga xizmat qildi.
Markaz 157 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, unda qon tomirlari neyroxirurgiyasi, periferik nervlar patologiyasi va reabilitasiyasi, orqa miya neyroxirurgiyasi, neyroonkologiya, bosh miya neyroxirurgiyasi, bolalar neyroxirurgiyasi, shoshilinch neyroxirurgiya bo'limlari faoliyat yuritadi. Mazkur bo'limlarda bolalar va kattalarda uchraydigan neyroxirurgik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash bo'yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali usullardan foydalaniladi. Bu erda har yili nafaqat O'zbekistondan, balki bir qator yaqin va uzoq xorij davlatlaridan tashrif buyurgan qariyb 5000 nafar bemorlar davolanib, shifo topadi.
Markaz respublikada neyrojarrohlik xizmatining rivojlanishiga xizmat qiluvchi bosh neyrojarrohlik muassasasi hisoblanadi.
Markaz negizida Respublika neyroxirurglar assosiasiyasi boshqaruvi faoliyat olib boradi. O'zbekiston neyroxirurglar assosiasiyasi Jahon neyroxirurglar assosiasiyasiga qabul qilingan.
Bemorlar uchun qulay va shinam standart palatalar, VIP palatalar bo'lib kondisioner, televizor, muzlatgich, WiFi bilan jihozlangan.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100179, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Shayhontoxur tumani, Farobiy ko'chasi, 383
Веб-сайт:www.cancercenter.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@cancercenter.uz
Tel: (+99871) 246-05-13, (+99871) 246-25-25
Faks:(+99871) 227-13-27,(+99871) 246-98-40
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1962 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish instituti sifatida tashkil etilgan Respublika onkologiya ilmiy markazi negizida 2017 yilda tashkil qilindi. Bunda institutning birinchi direktori professor D.M.Abdurasulovning (1921-1990) xizmatlari katta.
Markazning tarkibiy tuzilmasi quyidagi stasionar bo'limlardan iborat: koloproktologiya, urologiya, torakal va abdominal jarrohlik, ginekologiya, mammologiya, oftalmologiya, tayanch-harakat tizimi bosh va bo'yin onkologiyasi, katta yoshlilar uchun 2 ta ximioterapiyasi bo'limi, bolalar onkologiyasi, bolalar kimyo terapiyasi, radioterapiya, anesteziologiya, reanimasiya va intensiv terapiya – jami 370 o'ringa mo'ljallangan. Shuningdek bir smenada 250 qabulga ega maslahat-diagnostika poliklinikasi va yordamchi bo'limlardan tashkil topgan.
Onkomammologiya, onkooftalmologiya, bosh-bo'yin o'smalari, torako-abdominal o'sma, onkokoloproktologiya, onkourologiya, tayanch-harakat apparati o'smalari, bolalar onkologiyasi, kimyo terapiyasi, nur terapiyasi Markaz faoliyatining etakchi yo'nalishlari hisoblanadi.
Respublikaning turli hududlaridan va boshqa davlatlardan ko'rikka keluvchi bemorlarga qulayliklar yaratish uchun (bemorlarni ro'yxatga olish elektron tizimi, mutaxassis maslahati – bemorlar uchun filtr, televizor, Wi-Fi kabi) barcha zarur sharoitlarga ega kutish xonasi tashkil etilgan.
Stasionar sharoitda davolanuvchi bemorlarga sifatli xizmat ko'rsatish uchun har bir bo'limda keng qulayliklarga ega avtonom turdagi o'ta shinam palatalar tashkil qilingan. Shu bilan birga Toshkent, Samarqand va Buxorodagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishish imkonini beruvchi dasturlar ham mavjud.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100179, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, 2-Chimbay ko'chasi, talant proezdi, 3
Веб-сайт:www.pediatriya.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: u.rizamukhamedova@minzdrav.uz
Tel: (+99871) 229-38-76, (+99871) 229-38-74,(+99871) 229-38-40;
Faks: (+99871) 229-38-40
Tushuntirish berish
O'ZB / RUS / INGL
Hujjatlashtirish
Hujjatlarni to'ldirish va tarjima qilish
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil etilishi tarixi 1927 yilga, ya'ni viloyatlarda onalik va bolalikni muhofaza qilish ishini onalik va bolalikni muhofaza qilish ilmiy-tekshirish instituti amalga oshira boshlagan vaqtlarga borib taqaladi. Bir qator qayta tashkil etilish va qayta nomlanishlardan so'ng Markaz 2007 yilda bugungi nomi va maqomiga ega bo'ldi.
Markaz pulmonologiya, kardiologiya va revmatologiya, gastroenterologiya, gepatologiya, nevrologiya, nefrologiya, Otorinolaringologiya, allergologiya, xirurgiya, erta yoshdagi bolalar kasalliklari, neonatologiya kabi pediatriyaning asosiy yo'nalishlari bo'yicha faoliyat olib boradi.
Jami stasionar bo'limlari 385 o'rinli, poliklinika bo'limi bir smenada 300 qabulga mo'ljallangan.
Markazda bolalarda Portal gipertenziya kuzatilganda qizilo'ngach varikoseleni endoskopik davolash, jigardan tashqari mezoportal shuntlash, UTT nazorati ostida punktsion usulda teri orqali nefrostomiya qilish, tuxumcha istisqosida rossa operasiyalari, Varikoseleda marmar operasiyasi, qizilo'ngach, o'pkaning tug'ma va orttirilgan kasalliklarini davolash, gepato-biliar tizim rivojlanishidagi nuqsonlar va nonormal holatlarni jarrohlik yo'li bilan davolash, reabilitasiya bilan davom etuvchi Koxlear implantasiya operasiyalarini o'tkazish, eshitish qobiliyatini yaxshilovchi operasiyalar (timpanoplastika, stapedoplastika) o'tkaziladi.
Markazning har bir bo'limida chet el fuqarolari uchun yuqori qulayliklarga ega 1 tadan palata ajratilgan (jami 16 ta palata). Ularning hammasida televizor, mikroto'lqinli pech, muzlatgich, ovqat eyish uchun stol, issiq va sovuq suv bilan ta'minlangan alohida sanuzel, kondisioner, 2 ta yotoq krovati mavjud.
Chet el fuqarolariga tibbiy xizmat ko'rsatishda doimiy nazorat qilib turish uchun 1 nafar hamshira, tarjimon, aeroport-klinika-aeroport transferi, hamrohlik qiluvchi shaxslarga mehmonxonadan joy buyurtirish imkoniyatlari kiritilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yunusobod tumani, Xurshid ko'chasi, 4
Веб-сайт:www.therapy.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@therapy.uz
Tel: (+99871) 234-33-21, (+99871) 234-11-52, (+99871) 234-54-00
Faks: (+99871) 235-30-63
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil etilishi tarixi uzoq o'tmishga, ya'ni 1919 yilda aka-uka Slonimlarning milliylashtirilgan shifoxonasini davolashning fizik usullari va rentgenologiya instituti shaklida qayta tashkil etish to'g'risidagi hukumat qarori qabul qilingan vaqtga borib taqaladi. Institut Markaziy Osiyodagi (o'sha vaqtga ko'ra) yaxshi jihozlangan yagona muassasa, frontdan og'ir yaradorlar keltiriladigan stasionar hisoblanardi. Keyinchalik Institut bir qancha qayta tashkil etilish va qayta nomlanishga uchrab, hozirgi nomi va mavqeiga 2009 yilda erishdi.
Yurak-qon tomir tizimi, oshqozon-ichak trakti, nafas organlari, revmatologik asosiy kasalliklarning optimal farmakoterapiyasi va ularning profilaktikasini optimallashtirish usullari asosida bemorlarni davolash Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.
Markazning klinik bo'limi katta yoshdagilar uchun stasionar (290 o'rinli) bo'limlardan tashkil topgan bo'lib, revmatologiya, kardiologiya, kardioreabilitasiya, kardioserebral patologiya, Gastroentorologiya, gipatobiliar patologiya, klinik allergologiya bilan pulmonologiya bo'limlari, intensiv terapiya blokini o'z ichiga olgan. Shuningdek 4 ta bolalar reabilitasiya (140 o'rinli) bo'limlari pulmonologiya, gastroenterologiya, artrologiya va nevrologiya bo'limlarini o'z ichiga oladi. Qo'shimcha bo'limlar fizioterapiya, balneologiya va shifobaxsh loy bilan davolash bo'limlari, shuningdek maslahat poliklinikasini o'z ichiga oladi.
Kasalliklar diagnostikasi va davolash ham ambulator, ham stasionar sharoitlarda yuqori darajali sifat va xalqaro standartlar talablari asosida amalga oshiriladi. Diagnostik va davolash yordami professorlar, tibbiyot fanlari doktorlari va nomzodlari, shuningdek yuqori toifali shifokorlar tomonidan ko'rsatiladi.
2014 yildan markazda koronar arteriyalarni stentlash bo'yicha operasiyalar keng qo'llaniladi. Bu erda surunkali okklyuziya, bifurkasion shikastlanish va HK. kabi koronar arteriyalarning eng murakkab shikastlanishlarida stentlash bo'yicha katta tajriba to'plangan. Miokard infarktida koronar arteriyalarni stentlash va rekanalizasiya muntazam ravishda amalga oshiriladi. Ayni damda yiliga (doimiy ortishga moyillik bilan) 1500 dan ortiq mulojalar o'tkazilmoqda. Miya tomirlari, buyrak, bachadon tomirlari va oyoqdagi arteriyalarda jarrohlik aralashuvini o'tkazish imkoniyati mavjud.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:
100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 78
Veb-sayt:
www.uzniito.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: niito-tashkent@yandex.ru
Tel:(+99871) 233-80-04, (+99871) 232-44-02, (+99871) 232-20-89
Faks: (+99871) 233-10-30
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilishi rasmiy hujjatlashtirilgan sana 1932 yil, ya'ni 1930 yildan beri mavjud bo'lgan Semashko nomidagi fizioterapiya instituti qoshidagi ortopediya klinikasi ortopediya, travmatologiya va suyak sili ilmiy-tadqiqot instituti shaklida qayta tashkil etilgan vaqt hisoblanadi. So'nggi 10 yil davomida qayta tashkil etilish va qayta nomlanishga uchragan institut 2017 yilda bugungi nomi va maqomiga ega bo'ldi.
Asosiy faoliyat yo'nalishlari jarohatlar, jarohat asoratlarini diagnostika qilish va davolash bo'yicha yangi usullarni ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, tug'ma va orttirilgan ortopedik kasalliklar diagnostikasi va davolashga qaratilgan.
Markaz 2 ta korpusli 10 ta klinik (kattalar va bolalar ortopediyasi, travmatologiya, sport travmasi, kompression-distraktsion osteosintez, vertebrologiya va boshqa) va 7 ta paraklinik bo'limlardan iborat 270 o'ringa ega.
Moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyati davolash-diagnostika xizmatlarini xalqaro darajada ko'rsatish imkonini beradi. Ushbu xizmatlar qatorida yirik bo'g'imlarni endoprotezlash, jarohatlanish va tizza bo'g'imlari kasalliklarida artroskopik operasiyalar, umurtqalararo disklarni kaminvaziv yo'li bilan olib tashlash, umurtqani transpedikulyar fiksator va maxsus keyjlar bilan umurtqani turg'un holga keltirish, skolioz, ko'krak qafasi deformasiyasi (shakl o'zgarishi), kurakning chiqib turishi, yassioyoqlikni va h.k. operativ davolash ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Bu erda 91 nafar mutaxassislar faoliyat yuritadi, ulardan 8 nafari tibbiyot fanlari doktori va 22 nafari tibbiyot fanlari nomzodi.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100109, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, shifokorlar ko'chasi, 1
Веб-сайт:www.rscu.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@rscu.uz
Tel: (+99878) 150-65-73, (+99878) 150-65-83, (+99878) 150-65-84
Faks: (+99878) 150-65-67
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 1992 yilda, ya'ni "urologiya ilmiy markazi" tashkil etilgan chog'da asos solindi. 2017 yilda qayta nomlanib, mulkka egalik shakli o'zgarganidan so'ng Markaz davlat muassasasi maqomiga va bugungi nomiga ega bo'ldi.
Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishi – siydik tosh kasalligi, siydik yo'llari infektsiyalar (pielonefrit, prostatit va boshqa), prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, erektil disfunktsiya, uroonkologik kasalliklar diagnostikasi, davolash, profilaktikasi va metafilaktikasi.
Markazda Evropa urologlar assosiasiyasi qo'llanmalari va ilg'or xorij klinikalari tajribasiga muvofiq tuzilgan "urologik kasalliklar diagnostikasi va davolash standartlari" asosida davolash-diagnostika jarayonini tashkil qilishning yangi tizimi qo'llaniladi.
Bu erda quyidagi yuqori texnologiyali diagnostik va davolash aralashuvlari amalga oshiriladi, ya'ni buyrak va yuqori siydik yo'llari toshlarini distantsion litotripsiya yo'li bilan davolash, buyrak va yuqori siydik yo'llarida endoskopik perkutan (teri orqali) operasiya, pastki siydik yo'llari va prostata bezini yuqori chastotali mono- va biopolyar quvvat va lazer nuridan foydalangan holda endoskopik transuretral operasiya qilish, anomaliya va uroonkologik kasalliklarda yuqori va pastki siydik yo'llarida laparaskopik va retroperitoneoskopik operasiya, urug'chiqarish yo'llarida mikrojarrohlik operasiyasi, erkaklar jinsiy a'zosini protez qilish, rentgen-nazorati ostida siydik yo'lining qiyin va uzaygan striktura va obliterasiyalarida kompleks endoskopik operativ texnologiyalar, buyrak va siydik chiqarish yo'llarida rekonstruktiv va plastik operasiyalarning keng spektri.
Markaz 3 ta urologik bo'limlardan iborat bo'lgan 100 o'rinli stasionarga ega. Palatalar bir yoki ikkita bemorni davolashga mo'ljallangan bo'lib, barcha qulayliklarga ega mehmonxona ko'rinishidagi me'moriy uslubda yaratilgan. 46 ta standart va 10 ta yuqori qulayliklarga ega palatalar mavjud. Bir vaqtning o'zida 10 nafar urolog-shifokor qabul olib boradigan davolash-diagnostika bo'limi bir smenada 200 nafardan ziyod bemorlarga xizmat ko'rsatadi.
Markazda 68 nafar shifokor faoliyat yuritadi, ulardan 6 nafari tibbiyot fanlari doktori va 24 nafari tibbiyot fanlari nomzodi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100071, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Shayxontohur tumani, Majlisiy ko'chasi, 1
Веб-сайт:www.tb.center.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info.rsnpmc_fip@minzdrav.uz
Tel: (+99871) 278-04-70, (+99871) 278-15-28
Faks: (+99871) 278-15-28
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1932 yilda Samarqand shahrida ochilgan va 1936 yilda Toshkent shahriga ko'chirilgan eski sil kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti negizida 2009 yilda tashkil etilgan.
Institutning shakllanishi va rivojlanishi, uning yirik ilmiy markazga aylanishida ushbu ilmiy muassasaga rahbarlik qilgan O'zR FA akademigi Sh.A.Alimov (1951-1976 yy.), professor A.A.Kalanxo'jaeva (1976-1986 yy.), O'zR FA akademigi A.M.Ubaydullaev (1986-2010 yy.), professor M.N.Tillyashayxov (2010-2015 yy.) kabi etakchi o'zbek olimlarining xizmatlari katta.
Markaz tuzilmasida 3 ta ilmiy bo'lim, ya'ni sil terapiyasi bo'limi, sil xirurgiyasi bo'limi, pulmonologiya bo'limi faoliyat olib boradi. Klinik bo'limlar (diagnostika, o'pka sili, bolalar, o'pka xirurgiyasi, suyak-bo'g'im sili, uroginekologiya, o'pkadan tashqari sil, pulmonologiya, anesteziologiya va reanimasiya bo'limlari) 460 o'ringa mo'ljallangan. Bundan tashqari markazda 6 ta funktsional diagnostika bo'limi mavjud. Maslahat poliklinikasi bir smenada 50 qabulga mo'ljallangan. Unda ftiziatr, pulmonolog, ftiziopediatr, torakal jarroh va o'pkadan tashqari sil bo'yicha mutaxassis (urolog, ortoped, oftalmolog) tomonidan bemorlarga zarur tavsiya va maslahatlar beriladi.
Markaz yuqori texnologiyali davolash-diagnostika proseduralarini va turli lokalizasiya organlarida rekonstruktiv-tiklovchi operasiyalarni bajarishga imkon beruvchi eng so'nggi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.
Har yili markazda 4000 ziyod bemorlar stasionar davolansa, o'pkadan tashqari patologiya va nafas olish organlarining spesifik va nospesifik kasalliklari bilan og'rigan qariyb 20000 kishi, shuningdek chet elliklar (Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarolari) zarur maslahat va tavsiyalar olishadi. Standart sharoitlar bilan bir qatorda ikkita alohida xona va sanuzel, muzlatgich, plazmali televizor, kondisioner, WiFi bilan ta'minlangan yuqori qulayliklarga ega palatalar bemorlar xizmatida.
Markazda 31 nafar ilmiy xodim, 7 nafar tibbiyot fanlari doktori va 12 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 61 nafar shifokor faoliyat yuritmoqda, ulardan 64 foizi oliy va birinchi toifali shifokorlardir.
Respublika V.V.Voxidov nomidagiixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100115, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Kichik halka yo'li ko'chasi, 10
Веб-сайт:www.rscs.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: cs.75@mail.ru
Tel:(+99871) 230-49-09, (+99871) 230-49-50,
(+99871) 277-95-82, (+99871) 277 27 65
Faks:(+99871) 277-04-94, (+99871) 273-09-65
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil bo'lishi tarixi 1973 yilga, ya'ni Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya ilmiy-tekshirish institutining Toshkent filialiga asos solinib, unga professor V.V.Vohidov direktor etib tayinlangan davrlarga borib taqaladi. 2017 yilda Markaz Davlat muassasasi maqomiga va hozirgi nomlanishiga ega bo'ldi.
Bugungi kunda Markaz respublikamizning etakchi ko'p tarmoqli ilmiy va davolash muassasasi, ilg'or jarrohlik maktablarining ilmiy an'analarini saqlovchisi va davomchisi, jahon ilmiy-texnika taraqqiyotining so'nggi yutuqlarini O'zbekistonning tibbiy amaliyotida joriy etish bo'yicha yo'lboshchisi hisoblanadi.
Yurak xirurgiyasi, jumladan, rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti, buyrak transplantasiyasi va qon tomirlari xirurgiyasi, o'pka va ko'ks oralig'i xirurgiyasi, qizilo'ngach va oshqozon xirurgiyasi, torako-abdominal onkojarrohlik bo'limi, jigar, o't-safro yo'llari va oshqozonosti bezi xirurgiyasi, mikrotomirli texnikadan foydalangan holda rekonsturuktiv, plastik va estetik xirurgiya, endoskopik xirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, anesteziologiya va reanimatologiya, ultratovushli, funktsional, kompyuter, magnit-rezonansli tomografiya va laboratoriya diagnostikasi ilmiy va davolash faoliyatining asosiy yo'nalishlari sanaladi.
Markaz jami 370 o'rindan tashkil topgan bo'lib, jumladan: yurak-qon tomir kasalliklari bloki – 180 o'rindan va torako-abdominal blok – 190 o'rindan iborat.
Asosan tibbiyot fanlari doktorlari tomonidan boshqariladigan jami 30 ta klinika-diagnostika va qo'shimcha yordamchi bo'limlar mavjud.
Markazda kuchli ilmiy-amaliy salohiyat ega 35 nafardan ziyod tibbiyot fanlari doktori va 75 nafardan ortiq tibbiyot fanlari nomzodlari faoliyat olib boradi.
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 56
Веб-сайт:www.endocrine.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: endocrin@uzsci.net
Tel: (+99871) 269-06-09, (+99871) 262-25-53
Faks: (+99871) 262-23-68, (+99871) 262-27-02
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2007 yilda Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida soha doirasidagi o'zaro hamkorlik va samarali boshqaruv vertikalini hamda endokrinologiya tarmog'i muassasalari o'rtasidagi izchillikni ta'minlovchi bosh muassasa sifatida tashkil etildi.
Markazning bosh maqsadi aholiga jahon standartlari darajasida yuqori malakali endokrinologik yordam ko'rsatishdan iborat. 2017 yilda markazga institut asoschisi akademik ya.X.To'raqulovning nomi berildi va u davlat muassasasi maqomiga ega bo'ldi.
Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlari: qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, bolalar endokrin kasalliklari, neyroendokrinologiya, endokrin jarrohlik, nuklear tibbiyot, reproduktiv endokrinologik patologiyani barvaqt diagnostika qilish, endokrinologik kasalliklarni davolashning asosiy va zamonaviy usullari.
Markaz tuzilmasida bir smenada 250 qabulga mo'ljallangan poliklinika, stasionar davolash uchun jami 315 o'ringa ega 14 ta klinik bo'lim mavjud bo'lib, ular tireoidli patologiya, endokrin jarrohlik bo'limlari hamda nuklear tibbiyot, neyroendokrinologiya va neyrojarrohlik, qandli diabet, nefroangiopatiya va gemodializ bo'limi, diabetik oyoq kafti, bolalar endokrinologiyasi, tibbiy genetika bo'limi, yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan gormonal tahlil laboratoriyasini o'z ichiga oladi.
Nuklear tibbiyot bo'limi O'rta Osiyodagi yagona markaz hisoblanib, ionlovchi nurlanish manbai bilan ishlaydi va atom energiyasi bo'yicha xalqaro Agentlikning yaderli tibbiyot bo'yicha xalqaro normalari bilan belgilangan ish sharoitlariga muvofiq keladi.
Markazda 128 nafar shifokor bemorlar xizmatida bo'lib, ulardan 10 nafari tibbiyot fanlari doktori (4 nafari professor), 30 nafari tibbiyot fanlari nomzodi.
Markazda qo'shimcha servis imkoniyatlariga (individual sanuzel, televizor, muzlatgich, kondisioner, WiFi) ega palatalar bemorlar xizmatida.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil:100151, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Uchtepa tumani, Zakovat ko'chasi, 2
Веб-сайт:www.infectology.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info.niiemiz@minzdrav.uz
Tel: (+99871) 243-36-05, (+99871) 243-36-04
Faks: (+99871) 243-36-05, (+99871) 243-36-04
Markaz 1961 yilda epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti shaklida tashkil qilingan. 2020 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maqomi berilgan.
Markaz respublikada yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish bo'yicha uslubiy va tashkiliy markazdir. Klinikada diareya kasalliklari, brusellyoz, virusli gepatit, gelmintoz, TIFO va paratifoid bezgagi, botulizm, bezgak, sepsis, toksoplazmoz va boshqa kasalliklarga chalingan kattalar va bolalar asosan respublika hududlaridan davolanadi.
Markaz tuzilmasida qabul, kassa va 7 ta klinik bo'lim, reanimasiya va intensiv terapiya bo'limi, gemodializ bo'limi (sun'iy buyrak), ambulatoriya, tashkiliy-uslubiy bo'lim, shuningdek fizioterapiya va rentgen nurlaridan iborat. xonalar, laboratoriya bo'linmalari (brusellyoz guruhi bilan bakteriologik, klinik, biokimyoviy, immunologik, Ekspress va PTSR laboratoriyalari). Klinikada markazlashtirilgan sterilizasiya punkti, dorixona, kir yuvish va oshxona mavjud.
Markazda 7000 dan ortiq bemorlar tekshiriladi va davolanadi, 3000 dan ortiq bemorlarga ambulatoriya sharoitida tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi.
Markazning yuqori malakali mutaxassislari Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi sog'liqni saqlash muassasalariga tibbiy-maslahat yordami ko'rsatish uchun sanitariya yordami orqali sayohat qilishadi.
Har bir bo'limda bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida servis palatalar tashkil qilingan bo'lib, televizor, muzlatgich, mikroto'lqinli pech, kondisioner va boshqalar bilan ta'minlangan.
Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi
Manzil:100109, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani, Farobiy kuchasi, 2
Веб-сайт:www.allergocenter.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: razikovailmira64@mail.ru
Tel: (+99878) 150-94-92, (+99871) 214-55-06
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi 1991 yilda 2-Toshkent tibbiyot institutining 2 klinikasi negizida tashkil etilgan. Markazni 2018 yil fevral oyiga qadar tibbiyot fanlari doktori, professor o.A.Nazarov boshqargan.
Markaz kompleks ilmiy-tadqiqot, maslahat-uslubiy va davolash muassasasi sifatida tashkil etilgan bo'lib, unda allergologlar bilan birga o'zaro yaqin kasblar mutaxassislari ham faoliyat olib boradi.
Markaz tuzilmasi 3 qismdan iborat:
- stasionar 45 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, unda teri, nafas yo'llari, oshqozon-ichak tizimi allergik kasalliklarini davolash bo'limi faoliyat yuritadi;
- laborator qism faoliyat yuritadi, unda allergik kasalliklarni maxsus immunoglobulinlarni aniqlash uchun eng zamonaviy uskunalar keltirilgan;
- funktsional diagnostika bo'limi bo'lib, bu erda nafas tizimi allergik kasalliklarni erta tashxislash, bronxial astmaning klinik pog'onasini aniqlash uchun bronxomotor testlar o'tkaziladi.
Mazkur bo'limda bolalar va kattalarda uchraydigan allergik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash bo'yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali usullardan foydalaniladi. Bu erda har yili nafaqat O'zbekistondan, balki bir qator yaqin va uzoq xorij davlatlaridan tashrif buyurgan qariyb 100 nafar bemorlar davolanib, shifo topadi.
Bugungi kunda yangi bino qurilishi amalga oshirilmoqda va 2021 yil sentyabr oyida qurib bitkaziladi. Bemorlar uchun qulay va shinam standart, kondisioner bilan jixozlangan VIP palatalar, televizor, muzlatgich bilan jihozlangan palatalar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
2-son Respublika klinik shifoxonasi
Manzil:100214, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzoulug'bek tumani, Ulug'bek shaharchasi, Buloqsoy ko'chasi, 1
Веб-сайт:www.rks2.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: resp.klinik.sh-2@minzdrav.uz
Tel: (+99871) 289-31-70
Faks: (+99871) 289-21-63
O'zbekiston Fanlar Akademiyasining 1962 yilda tashkil qilingan tibbiy-sanitariya qismi 2009 yilda 2-son Respublika klinik shifoxonasi nomi bilan qaytadan nomlangan.
Shifoxonaning tuzilmasi quyidagilardan iborat: 130 o'ringa mo'ljallangan stasionar blok, shuningdek ixtisoslashgan radiologiya bo'limi, funktsional-diagnostika bo'limi, fizioterapevtik bo'lim, laboratoriya (jumladan, radioimmunologik), yordamchi bo'limlar, shu bilan birga 2 ta poliklinika bo'limi, ulardan biri Fanlar Akademiyasi tizimiga aloqador xodimlar hamda ionlovchi nurlanish manbaalari bilan bog'liq bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan.
Shifoxona faoliyatining asosiy yo'nalishlari terapevtik kasalliklarni o'z vaqtida diagnostika qilish, davolash va oldini olishga qaratilgan (terapiya, kardiologiya, nevrologiya, Gastroentorologiya, revmatologiya va boshq.).
Shifoxonaning o'ziga xos farqli jihati shundan iboratki, u o'z faoliyati sharoitiga ko'ra radiasion nurlanish manbaalari bilan bog'liq bo'lgan shaxslar bilan ishlashga yo'naltirilgan. Yadro fizikasi instituti xodimlari, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etuvchilar sirasidan bo'lmish bemorlar, shuningdek radiologik patologiyadan davolanishga muhtoj boshqa bemorlar uchun ajoyib va qulay sharoitlar yaratilgan maxsus tashkil etilgan radiologiya bo'limining faoliyati aynan shu bilan bog'liq.
Respublika bolalar ortopediya markazi
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati,
Qibray tumani universitet ko'chasi, 8
Веб-сайт:childortho.uz.
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail:info@childortho.uz
Tel:(+99871) 260-49-37, (+99871) 260-46-45, (+99871) 260-49-60
Faks: (+99871) 263-39-76
Respublika bolalar ortopediya markazi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'iga muvofiq, 1992 yilda 3-son Respublika klinik shifoxonasi negizida tashkil qilingan.
Bu erda bolalardagi tayanch-harakat apparatining tug'ma va orttirilgan kasalliklari diagnostika qilinadi va davolanadi.
Markaz tuzilmasi quyidagilardan iborat:
- 1-son tos-son bo'g'imi patologiyasi bo'limi;
- 2-son tos-son bo'g'imi patologiyasi bo'limi;
-skolioz va ko'krak qafasi deformasiyasi bo'limi;
- neyroortopediya bo'limi;
- qo'l va oyolar deformasiyasi bo'limi.
Yordamchi bo'limlar:
- qabul-diagnostika bo'limi.
- fizioterapevtik bo'lim.
- reanimasiyali operasiya bloki.
Markazda skolioz, ko'krak qafasi deformasiyasi, tos-son bo'g'imlarining tug'ma va orttirilgan patologiyasi, qo'l-oyoqlarning o va X shakldagi deformasiyasi, tayanch-harakat apparatining irsiy, tug'ma va orttirilgan patologiyasini operativ davolash hamda MSKT tekshiruvlari amalga oshiriladi.
Bolalarda tayanch-harakat apparatining tug'ma va orttirilgan kasalliklarini davolash uchun yangi maloinvaziv yuqori texnologiyali operasiyalar joriy etilgan.
Respublika ko'z kasalliklari klinik shifoxonasi
Manzil:100095, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Olmazor tumani,Ziyo ko'chasi, 12
Веб-сайт:www.rkob.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@rkob.uz
Tel: (+99871) 246-06-30, (+99871) 246-14-45
Faks: (+99871) 246-34-94
Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika ko'z kasalliklari klinik shifoxonasi mamlakat aholisiga yangi tibbiy texnologiyalar asosida yuqori malakali oftalmologik yordam ko'rsatiladigan etakchi oftalmologik davolash-profilaktika muassasalaridan biri hisoblanib, unda 2011 yildan buyon respublikada yagona vitreoretinal xirurgiya va oftalmodiabet bo'limi shakllantirilgan.
Mazkur shifoxona tarkibida kattalar va bolalar maslahat-diagnostika bo'limi, shuningdek lazer jarrohligi va funktsional diagnostika, somatik patologiya va travmotologiya, vitreoretinal xirurgiya va oftalmodiabet, ko'z mikroxirurgiyasi, bolalar oftalmopatologiya, rekonstruktiv, plastik jarrohlik va ko'zni protezlash klinik bo'limlari faoliyat yuritadi.
Stasionar bo'limlarda yiliga qariyb 6000 nafar bemor davolanadi.
Respublika ko'z kasalliklari klinik shifoxonasida zamonaviy diagnostika apparatlari, yuqori texnologiyali mikroxirurgik uskunalar va yuqori malakali kadrlarning mavjudligi ko'z kasalliklarini jahon standartlariga muvofiq tarzda diagnostika qilish va davolash imkonini beradi.
Respublika nogironlarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi
Manzil:100052, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Darxontepa ko'chasi, 5A
Веб-сайт:www.tiklanish.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: tiklanish.info@gmail.com
Tel: (+99871) 235-45-05, (+99871) 235-84-45
Faks: (+99871) 235-00-35
Respublika nogironlarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi 2006 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq tashkil qilindi. Tayanch-harakat apparati va ichki organlarda sog'lomlashtirish-tiklash, reabilitasiya qilish, stasionar jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish Markaz faoliyatning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.
Markaz jami 290 o'rinli bo'lib, tarkibiy tuzilmasida terapiya, nevrologiya, vertebrologiya, jarohatlar asoratlari, protezlash bo'limlari va 2 ta xo'jalik hisobidagi bo'limlardan iborat. Shuningdek, tuzilmasiga qabul bo'limi, umumiy va nur diagnostikasi bo'limi, shifobaxsh jismoniy tarbiya bo'limi, fizioterapiya, klinik-biokimyo laboratoriyasi va intensiv terapiya palatalariga ega 2 ta operasiya bloki kiradi.
Markazda bosh miya, umurtqa pog'onasi, tos suyaklari, qorin bo'shlig'i va ko'krak qafasi organlari, kichik tos organlari MSKT, ichki organlar UTT, oyoq tomirlari, bo'yin tomirlari Dopler-tekshiruvi, EEF, ENMG kabi zamonaviy diagnostik tekshiruvlar, shuningdek umurtqa kasalliklari va shikastlanishida, umurtqalararo disklarning degenerativ kasalliklarida koorektsiyalovchi jarrohlik amaliyotlari, yirik tomirlarni endoprotezlash, tizza bo'g'imi sohasida artroskopik operasiya (debridment, menisektomiya, xoch shaklidagi old paylarni tiklash, tizza ko'zi o'z paylari plastikasi) kabi jarrohlik aralashuvlari amalga oshiriladi.
Markazda 3 nafar tibbiyot fanlari doktori va 3 nafar tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat olib boradi.
Respublika perinatal markazi
Manzil:100140, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 223 A
Веб-сайт:www.rpc.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: resp.perinatal.m@minzdrav.uz
Tel:(+99871) 260-28-80, (+99871) 260-28-71
Respublika perinatal markazi2002 yilda tashkil qilingan. Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishi muddatidan oldingi tug'ruqlar kuzatilayotganda, ona va bolaning hayoti va sog'lig'iga xavf solayotgan homiladorlik asoratlari hamda og'ir yondosh xastaliklari bo'lgan homilador ayollarning tug'rug'i xavfsiz kechishini ta'minlash hisoblanadi.
Markaz tarkibiy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
-akusherlik-ginekologiya bloki;
- kattalar anesteziologiya, reanimasiya va intensiv terapiya bo'limi;
- vaqtidan oldin tug'ilgan go'daklar patologiyasi hamda anesteziologiya, reanimasiya va intensiv terapiya bo'limlariga ega neonatal blok;
-ambulatoriya-poliklinika xizmati;
-laboratoriya-diagnostika xizmati;
-reanimasiya-konsultasiya brigadasi;
- yordamchi xizmat;
- tashkiliy-tahliliy bo'lim.
Markazda quyidagi zamonaviy tibbiy texnologiyalar joriy etilgan va keng qo'llaniladi:
- yo'ldosh o'sishi kuzatilgan ayollarda a'zoni saqlab qolish operasiyalari;
- tug'ruqdan keyingi septik asoratlar natijasida kesarcha kesishdan so'ng, bachadonda operasiyadan keyingi choklar bilan muammo bo'lganda a'zoni saqlab qolish texnologiyasi;
- Laparoskopik gisterektomiya, miomektomiya, sintetik tasma bilan promontofiksasiya qilish orqali gisterektomiya, gisteroskopik miomektomiya, slingli operasiyalar;
- yangi tug'ilgan go'daklarda Laparoskopik jarrohlik operasiyalari: piloromiotomiya, tug'ma pastki ichak tutilishi kuzatilgan go'daklarga stoma qo'yish va boshqalar;
- operasiyadan keyingi qizilo'ngach torayishida endoskopik bujlashlarni o'tkazish;
- diafragma churralarida torakoskopik korrektsiyalash va qizilo'ngach atreziyalarini bartaraf etish.
Markaz 106 nafar shifokordan iborat bo'lib, ulardan 4 nafari tibbiyot fanlari doktori va 15 nafari tibbiyot fanlari nomzodlari sanaladi.
Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik kasalxonasi
Manzil:100060, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirobod tumani, Nukus 1-berk ko'cha, 14
Веб-сайт:www.dermatolog.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: kao.doc@mail.ru;
Tel: (+99871) 299-76-94, (+99871) 215-51-71, (+99871) 215-54-74
Faks:(+99871) 299-99-79
1924 yilda Toshkent stantsiyasidagi temir yo'l poliklinikasi tarkibida birinchi marta teri-tanosil kasalliklari xonasi ochilgan. Muassasa bir necha o'zgarishlardan keyin 2003 yil Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik kasalxonasi maqomini olgan.
Kasalxonaning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan:
- teri va tanosil kasalliklarini stasionar hamda ambulatoriya sharoitda tashxislash va davolash;
- teri va tanosil kasalliklari bo'lgan bemorlarga maslahat berish (konsultasiya);
- teri va tanosil kasalliklari profilaktikasi va bemorlarni davolash uchun kompleks dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish;
- teri va tanosil kasalliklari ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar va talabalarni o'qitishga yordam ko'rsatish.
Kasalxona 60 o'rindan tashkil topgan. Sanitariya talablariga javob beruvchi barcha palatalar 1, 2 va 3 nafar bemorga mo'ljallangan. Yiliga o'rtacha 2000 nafar bemor stasionar, qariyb 15000 ta bemor ambulator davolanadi.
Tibbiy turizm yo'nalishi bo'yicha murojaat qilgan uchun jami o'rinlarning 5 foizi ajratilib, alohida palatalar tashkil etilgan. Ambulator va stasionar davolanyotgan bemorlar bepul internetdan (Wi-Fi) foydalanish imkoniyatiga ega, shuningdek fitobar tashkil etilgan. Poliklinika bo'limida anonim tekshirish xonasi mavjud.
Bemorlar uchun PUVA-terapiya, UFO-terapiya, ozonoterapiya, VLOK, krioterapiya kabi fizioterapiya xizmatlarining turli ko'rinishlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Laboratoriya bo'limlarida zamonaviy gematologik, immunologik, biokimyoviy tahlillar, instrumental diagnostika (UTT, EKG) yo'lga qo'yilgan. 2018 yildan patomorfologik laboratoriya tashkil etilib, unda yakuniy diagnozni qo'yish va darajalashga imkon beruvchi zamonaviy morfologik tahlillar o'tkaziladi.
Tibbiy yordam ko'rsatishda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent davlat stomatologiya institutining professor-o'qituvchilari ishtirok etadi, shifoxona xodimlari orasida 4 nafar tibbiyot fanlari nomzodi (dosentlar), 4 ta oliy toifali shifokorlar mavjud.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko'p tarmoqli klinikasi
Manzil:100090, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani,Sodiq Azimov ko'chasi, 74
Веб-сайт:www.rkb.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: txkmrmktk@minzdrav.uz
Tel.: (+99871) 233-42-32;
Faks: (+99871) 233-42-32
1967 yilda "Boshtoshkentqurilish"ning tibbiy-sanitariya qismi sifatida tashkil etilgan bo'lib, 1999 yilda 1-son Respublika klinik shifoxonasi shaklida qayta nomlangan. 2020 yil tegishli qaror asosida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko'p tarmoqli klinikasi deb yuritiladi.
Bugungi kunda 330 o'ringa mo'ljallangan ushbu yirik ko'p tarmoqli davolash muassasasi shoshilinch va rejali tartibda bemorlarga ham byudjet, ham pulli asosda malakali, ixtisoslashgan, stasionar, ambulartor, maslahat-diagnostik yordam ko'rsatib kelmoqda.
Klinikaning tarkibiy tuzilmasi xirurgiya, urologiya, ginekologiya, travmotologiya, neyrotravmatologiya, proktologiya, kardiologiya, nevrologiya, 2 ta terapevtik bo'limlarga, shuningdek gemodializ, buyrak transplantasiyasi va reabilitasiya bo'limlariga ega.
Klinikaning tibbiy faoliyatida davolash-diagnostika jarayonining eng ilg'or texnologiyalaridan, shuningdek shifobaxsh loy, Toshkent mineral suvlari, shifobaxsh jismoniy tarbiya va turli massaj usullari, gidroterapiya (suv bilan davolash), zamonaviy fizioterapevtik davolashning keng spektri yordamida tiklanishga xizmat qiluvchi davolash usullaridan foydalaniladi.
Klinikada tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasining bir qator (nevrologiya, kardiologiya, urologiya, ginekologiya, xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya-reanimatologiya, gerontologiya, travmatologiya, proktologiya) kafedralari va 3 ta yirik (jigar va o't yo'llari xirurgiyasi, koloproktologiya va reabilitasion nevrologiya) markazlar ham shu erdan o'rin egallagan.
U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruxiy-asab kasalxonasi
Manzil:100214, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug'bek tumani, Olmachi qo'chasi, 1
Веб-сайт:www.rdpnb.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: rdpnb@mail.ru
Tel: (+99871) 267-73-50, (+99871) 267-73-56
Faks: (+99871) 267-73-50
Kasalxona mamlakatdagi bolalar tserebral falaji, autistik spektr buzilishi va asab tizimidagi boshqa organik buzilishlarida tibbiy va reabilitasion yordam ko'rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasa hisoblanadi.
Kasalxonada asab tizimi perinatal patologiyasi, bolalar tserebral falaji (BTSF), o'tkazilgan insult asorati, Markaziy asab tizimi yalig'lanish va jaroxatdan keyingi kasalliklari, ASB, ruxiy rivojlanishning orqada qolishi, nutqning orqada qolishi bilan og'rigan 0 dan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatiladi.
Kasalxonada 23 nafar shifokorlar, ulardan 3 nafar tibbiyot fanlari doktori, 3 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 13 nafar oliy toifali shifokorlar, bundan tashqari 30 nafar pedagoglar (logoped, tarbiyachi, psixolog, o'qituvchi, mexnat mutaxassisi, musiqa xodimi) faoliyat olib boradi.
Kasalxonada yoshiga nisbatan bo'lingan 5 ta ruxiy-asab bo'limlari, ortopedik jarroxlik bo'limi, tiklovchi davolash bo'limlari faoliyat ko'rsatadi. Shifoxonada mutaxassislarning birgalikdagi ko'rigi o'tkaziladi, individual reabilitasiya dasturi tuziladi.
Kasalxonada quyidagi davolash usullari qo'llaniladi: DJT, uqalash, holatli davolash, xoreografiya, kinezoterapiya, apparatli fizioterapiya issiq bilan davolash, lazerli davolash va lazerli akupunktura, Nina sanchish, ortopedik tartib va ortezlash, botulotoksina-A dorisini sanchish va undan keyingi reabilitasiya, Pigin usulida spirt-novokainli blokada, sanchishli farmakopunktura neyroprotektorlar bilan, dori-darmonli davolash, jarroxlik usullari, sensomotor davolash, ABA-davolash, PECS kartalari yordamida alternativ kommunikasiya tizimi, TEASSN dasturida korrektsiyalash ishlari, ruxiyatni davolash, ijtimoiy moslashuv odatlarini hosil qilish, mexnat bilan davolash, bilim olish, bolaning oilasi va atrofidagilari bilan ishlash.
