“DMED” mobil ilovasi
“DMED” mobil ilovasi o‘zining quyidagi imkoniyatlari bilan aholiga qulayliklar yaratmoqda:
- shifokor qabuliga oldindan yozilish – shifokorning bo‘sh qa’bul vaqtiga keraksiz qo‘ng‘iroq va kutishlarsiz oldindan yozilish imkoniyati;
- Tahlil natijalarini ko‘rish - endi laboratoriyaga tahlillarni olish uchun ehtiyoj qolmaydi – barcha ma’lumotlar shaxsiy kabinetingizda bo‘ladi;
- elektron retsept – shifokor tomonidan yozilgan barcha elektron retseptlar jamlanadi;
- tashriflar tarixi – qachon qaysi muassasa va shifokor ko‘rigidan o‘tilganligi tarixi qoladi;
- oilaviy akkount – ota-ona o‘z farzandlarini profiliga kirish va kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- Eng yaqin dorixonani topish – aholiga o‘ziga yaqin hududdagi dorixonani topishi mumkin;
- Tibbiyot tashkilotlari va ulardagi shifokorlar to‘g‘risidagi ma’lumtlarni olish – tibbiyot tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar va ularning reytingi to‘g‘risida hamda qaysi tibbiyot tashkilotida qaysi turdagi tor soha mutaxassisi borligini bilish imkoniyati;
- Antropometriya ma’lumotlarini olish – bo‘yi, vazni, bel aylanasi va tana vazni indeksi to‘g‘risidagi ma’lumot;
- Sharh qoldirish – tibbiy xizmat yoki shifokorlar haqida sharh qolidirish.
