Tijorat taklifini taqdim etish bo‘yicha so‘rov
Shoshilinch tibbiy yordam tizimini modernizatsiya qilish va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha tadbirlarni tayyorlash, shuningdek xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” tibbiy uskunalarning boshlang‘ich (prognoz) narxlarini aniqlash maqsadida bozorning marketing tadqiqotini o‘tkazmoqda.
1-ilovada xarid qilinishi rejalashtirilayotgan tibbiy uskunalarning ro‘yxati va dastlabki miqdorlari keltirilgan.
2-ilovada esa narxlar va yetkazib berish shartlari ko‘rsatilgan holda tijorat taklifini taqdim etish shakli berilgan.
Xarid byudjetini aniqlash hamda texnik kalibrlashni o‘tkazish maqsadida, Sizdan tijorat taklifingizni tasdiqlovchi materiallar (sertifikatlar, ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi hujjatlar, yo‘riqnomalar, kataloglar, bukletlar va boshqalar) bilan birga emspiuida@gmail.com va emsequipments@gmail.com elektron manzillariga 2026 yil 10 fevral kuni soat 14:00 ga qadar (Toshkent) yuborishingizni so‘raymiz.
Tijorat taklifida mahsulotning narxi, nomi, ishlab chiqaruvchi mamlakati hamda kafolat muddati ko‘rsatilishi lozim.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilari bo‘lmagan, ammo rasmiy diler yoki distribyutor hisoblangan tashkilotlar yakuniy tender savdolari bosqichida ishlab chiqaruvchi zavoddan olingan rasmiy avtorizatsiya xati yoki hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni taqdim etishlari shart.
Yetkazib berish shartlari: CIP (Toshkent).
To‘lov shartlari (mahalliy va xorijiy yetkazib beruvchilar uchun):
− 10% miqdorida avans – avans to‘lovi uchun bank kafolati va shartnoma qiymatining 10% miqdoridagi shartnoma ijrosini ta’minlash bank kafolati taqdim etilgandan so‘ng;
− 80% – hujjatli, qaytarib olinmaydigan akkreditiv orqali;
− 10% – uskuna o‘rnatilib, xodimlar o‘qitilgandan so‘ng hamda shartnoma qiymatining 5% miqdoridagi shartnoma ijrosini ta’minlash bank kafolati taqdim etilgach.
Ilovalar:
