Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yil davomida “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi topshiriqlar ijrosini tashkil etish boʻyicha MAʼLUMOTNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–5132-son qarori shuningdek, ijro intizomini yanada takomillashtirish yuzasidan 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmoniga muvofiq “Ijro.gov.uz” tizimidagi nazoratga olingan topshiriqlarni bajarilishi holati har haftaning dushanba kuni birinchi rahbar, juma kunlari doimiy tanqidiy muhokama qilib borilishi tizimli yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, ijro intizomini yanada takomillashtirish yuzasidan 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmoniga asosan joriy yilning 1-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazorat qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, joriy yilning 1-oktyabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 196 ta hujjatida jami 2138 ta topshiriqlar belgilangan bo’lib, shundan dekabr oyida 903 ta berilgan barcha topshiriqlarning ijrosi taʼminlandi.
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 5 ta farmoyishlarida Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklatilgan jami 8 ta, shu jumladan, dekabr oyida 4 ta topshiriqlar muddatida, sifatli ijrosi taʼminlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 80 ta rezolyutsiyalarida Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklatilgan jami 225 ta shu jumladan dekabr oyidagi 103 ta topshiriqlardan ijrosi taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil oktyabr-dekabr oylari davomida qabul qilingan 19 ta qarorlar “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazoratga olinib, ushbu hujjatlarda Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklatilgan 80 ta topshiriqlar toʻliq ijrosi taʼminlandi.

