Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko'rib chiqish tartibi
Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi
O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabr, O'RQ-445-sonli "jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuniga asosan:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi:
Murojaatlar og'zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi rasmiy elektron pochta manziliga kelgan murojaatlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning virtual qabulxonasi orqali kelgan murojaatlar elektron murojaatlar shaklida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Ro'yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.
Murojaatlarning ko'rib chiqilishi natijasi bo'yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma'lumot beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar quyidagi manbalar orqali qoldirilishi mumkin:
Prezident virtual va Xalq qabulxonalari
Sog'liqni saqlash vazirligining elektron pochtasi : info@ssv.uz
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligining 1003 "ishonch telefoni"
Murojaatlarning ko'rib chiqilishi bo'yicha mas'ul shaxs: murojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Kurganov Rashid Norxo'jaevich
Telefon: 71-203-15-19 (409)
