Komplaens xizmati
Komplaens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 oktyabrdagi "Sog'liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4847-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanuvchi xizmat bevosita Sog'liqni saqlash vaziriga bo'ysunadi.
Vazirlik va uning tarkibidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ichki audit va moliyaviy nazorat tizimini joriy qilish va uni nazorat qilish bo'yicha uslubiy rahbarlik qilish xizmatning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xizmatning asosiy vazifalari:
– Vazirlik tassarrufidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta'minlash va nazorat qilish;
– korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borish;
– Vazirlik tassarrufidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larning noqonuniy sarflanishi va talon-taroj qilinishi holatlarini aniqlash, profilaktika qilish va oldini olishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik davomida o'tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari to'g'risida ma'lumot
Sog'liqni saqlash vazirligi komplaens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumotnoma
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalarida manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo'yicha Nizom
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to'g'risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko'rib chiqish reglamenti
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o'qitilishini tashkil qilish bo'yicha yo'riqnoma
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalarida kontragentlarni tekshirishga oid yo'riqnoma
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo'yicha yo'riqnoma
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalarida korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti
Sog'liqni saqlash vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo'linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to'g'risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo'yicha Nizom
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 69-son buyrug'i
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 70-son buyrug'i
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 71-son buyrug'i
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 71-sonli buyrug'iga 1-ilova
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 71-sonli buyrug'iga 2-ilova
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 71-sonli buyrug'iga 3-ilova
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 martdagi 71-sonli buyrug'iga 4-ilova
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 24 martdagi 88-son buyrug'i
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 01 iyundagi 162-son buyrug'i
Sog'liqni saqlash vazirining 2022 yil 04 oktyabrdagi 275-son buyrug'i
Nomzod/xodim ma'lumotnomasining
Email Komplaens xizmati: compliaence@ssv.uz