Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi markazi Nukus shahrida Salomatlik marafoni boshlandi
2025-10-02 11:00:00 / Yangiliklar
Kasalliklar profilaktikasi va sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga qaratilgan ushbu aktsiya orqali hududda yashovchi aholi 31 oktyabrga qadar skrining hamda profilaktik ko'riklar bilan qamrab olinadi.
Tibbiy tekshiruvlar Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti klinikasi va bir vaqtning o'zida Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinikada bo'lib o'tmoqda.
Bu jarayonga mahalliy shifokor va hamshiralar bilan birga, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda bir qator ilg'or xorijiy klinikalardan etakchi mutaxassislar jalb etilgan.
Shuningdek, 3 ta jamoat joyida tashkil etilgan "Salomatlik maydonchalari"da sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga doir tadbirlar, antropometriya, qon bosimi va puls o'lchash kabi ko'riklar amalga oshirilyapti.
SSV matbuot xizmati Nukus shahridan ushbu marafon tafsilotlarini tezkor yoritib boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
