Zamonaviy tibbiyotda raqamli texnologiyalarning ahamiyati katta
2024-04-01 17:30:00 / Yangiliklar
Zamonaviy tibbiyotda raqamli texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi ular ma'muriy jarayonlarni optimallashtirish, ma'lumotlarni boshqarishni takomillashtirish, bemorlarning holatini doimiy monitoring qilib borishga yordam beradi.
Shundan kelib chiqib, Respublika OITSga qarshi kurashish markazida takomillashtirilgan yagona elektron tizim ishga tushirildi.
Mazkur tizim yordamida OIV infektsiyasi bilan yashovchi 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga nafaqa avtomatik tarzda belgilanishi va berilishi yo'lga qo'yildi.
Qolaversa, u bemorlarni ro'yxatga olish va dispanser hisobiga kiritish, dori vositalarining ombordagi aylanmasi va Real vaqt rejimidagi qoldig'i, uzluksiz ta'minoti kabi jarayonlarni elektron shaklda boshqarish va kuzatib borish imkonini beradi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada ushbu tizimning afzalliklari haqida batafsil so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
