Dori vositalari va tibbiy jihozlarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi xalqaro talablarga moslashtiriladi
2025-08-26 12:05:00 / Yangiliklar

Farmonga ko'ra, 2026 yil 1 yanvardan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning muomalasi quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
tibbiy buyum va tibbiy texnikalar tibbiy jihozlar sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi;
tibbiy jihozlar inson hayoti bilan bog'liq bo'lgan ehtimoli yuqori xavflarni hisobga olgan holda 4 ta xavfsizlik darajasiga ko'ra tasniflanadi;
tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.
Shuningdek, dori vositalari va tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda quyidagilar talab qilinadi:
dori vositalari uchun – 2027 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchining dori vositalari turiga "zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP" milliy sertifikati;
tibbiy jihozlar uchun – 2027 yil 1 iyuldan ishlab chiqaruvchining "ISO: 13485" milliy standartiga muvofiqlik sertifikati.
