Samarqandda koreyalik shifokorlar ishtirokida tibbiy aktsiya o'tkazildi
2025-08-18 19:25:00 / Yangiliklar

Jumladan, uning doirasida viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazida dastlab otolaringologiya bo'yicha mahorat darsi tashkil etildi. So'ngra 62 nafar bemorga tegishli tekshiruvlar yakunida zarur maslahat va tavsiyalar berildi.
Fizioterapiya bo'limida 26 nafar, jarrohlik bo'limida esa 24 nafar bemor qabul qilindi.
Viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida 150 nafardan ortiq aholi vakili ko'rikdan o'tkazilib, ularga dori-darmon va sovg'alar tarqatildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida esa koreyalik mutaxassislar ikkita jarrohlik amaliyotida qatnashdi va 20 nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam ko'rsatildi.
Tadbir davomida mehmonlar bilan o'zaro tajriba almashildi. Bemorlar ko'rsatilgan tibbiy yordam uchun koreyalik shifokorlarga alohida minnatdorlik bildirdi.
Tashrif yakunida tomonlar o'rtasida hamkorlikni davom ettirish bo'yicha memorandum imzolandi.


