Tish implantanti — yo'qotilgan tish o'rnini tiklaydigan...
2024-03-13 09:55:00 / Yangiliklar
Tish implantanti — yo'qotilgan tish o'rnini tiklaydigan, jag'suyagiga joylashtiriladigan va titan metalidan tayyorlangan moslama hisoblanadi.
U bir va bir nechta tishlar yo'qotilgan yoki to'liq tishsizlik holatlarida qo'llaniladi.
Implantantning afzalligi shundaki, yo'qotilgan tish o'rnini tiklash uchun uning yonidagi tishlar butunligi saqlab qolinadi.
Ushbu moslamani 14-15 yoshdan 70-80 yoshgacha bo'lgan bemorlarga o'rnatish mumkin.
Tish implantantini qon ivishi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda qo'llash mumkin emas.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
