Namanganda "Tez yordam"ga birorta ham yolg'on chaqiriq bo'lmadi
2025-07-10 15:15:00 / Yangiliklar

Ammo ba'zan fuqarolardan "Tez yordam" avtomashinalari bemor oldiga kechikib borgani haqidagi e'tirozlarni eshitamiz. Bunga esa ko'pincha yolg'on chaqiruvlar sabab bo'ladi.
Raqamlarga ko'ra, 2025 yilning o'tgan olti oyi davomida "103" xizmatiga jami 849 ta yolg'on chaqiriq kelib tushdi. Taqqoslash uchun aytsak, mazkur ko'rsatkich 2024 yilning ayni shu davrida 1 255 tani tashkil etgan. Bundan ko'rish mumkinki, ushbu turdagi murojaatlar soni tobora kamayib bormoqda.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida eng ko'p yolg'on chaqiriq Surxondaryo viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 177 tani tashkil etdi. Keyingi o'rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 140 ta. Shuningdek, Samarqand viloyatidan 127 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolg'on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro'yxatga olindi — 11 ta!
E'tiborlisi, so'nggi olti oyda Namangan viloyatida "tez yordam"ga birorta ham yolg'on chaqiruv kelib tushmagan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
