Bemorning bir turdagi tekshiruvdan poliklinikada alohida, tuman shifoxonasida alohida, viloyat va respublika tibbiyot muassasalarida takror-takror
2025-07-07 16:35:00 / Yangiliklar
Bemorning bir turdagi tekshiruvdan poliklinikada alohida, tuman shifoxonasida alohida, viloyat va respublika tibbiyot muassasalarida takror-takror o'tishdan xalos bo'lishi aholining ham vaqtini, ham naqdini tejashiga shubha yo'q.
O'z navbatida, shifokorlar qabuliga kirish uchun uzundan-uzoq navbatlar, sansalorlik va sarsongarchiliklarning barham topishi — odamlarimiz tizimdagi islohotlardan kutayotgan natija.
Xo'sh, bu borada Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazida sog'liqni saqlashning yangi modelini joriy qilishga doir tajriba-sinov loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
SSV matbuot xizmatining ushbu manzildan tayyorlagan yuqoridagi videolavhasida shu haqda so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
