SSV: Respublika allergologiya v a klinik immunologiya markazi ISO sertifikatlariga ega bo'ldi
2025-05-27 10:40:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda o'tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2023 yil 23 noyabrdagi tegishli qarori asosida allergologiya sohasi to'liq transformasiya qilinib, yaxlit vertikal boshqaruv tizimi joriy etildi. Xizmat ko'rsatish qamrovi tuman darajasiga tushirildi.
Shu tariqa markaz o'z faoliyatini xalqaro standartlarga uyg'unlashtirishga erishdi. O'z navbatida, qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar va ijobiy tajribalar xalqaro darajada e'tibor va e'tirof qozondi.
Bunga erishish erishish uchun markazda salmoqli ishlar bajarildi. Xususan, muassasa jahon talablariga javob beradigan yangi binoga ko'chib o'tdi. Bu erda 1,5 million AQSh dollari qiymatidagi xalqaro grant mablag'i hisobiga referens-laboratoriya ishga tushirildi.
Markazda so'nggi bir yil ichida 30 dan ortiq, viloyatlarda 10 dan ziyod, tuman shifoxonalarida 10 ga yaqin turdagi yangi davolash va diagnostika usullari tatbiq etildi.
ISO 9001:2015 hamda ISO 7101:2023 xalqaro sertifikatlari muassasada ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xalqaro standartlarga to'liq javob berishidan dalolat berib, muassasaning mintaqadagi pozisiyasini mustahkamlash, ilmiy faoliyatni takomillashtirish hamda yangi diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.









