Xotira va qadrlash kuni
2026-05-09 / Voqealar taqvimi
1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda.
Ushbu bayram keng ma'noga ega bo'lib, u mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qahramona, o'lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag'ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadrlash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko'rsatiladi.
