SSV: Milliy klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish davom etmoqda
2025-05-15 11:15:00 / Yangiliklar

Ya'ni, abdominal xirurgiya, akusherlik va ginekologiya, allergologiya, dermatovenerologiya, kattalar va bolalar gematologiyasi, nefrologiya, revmatologiya, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi, yuqumli kasalliklar (shu jumladan, OIV/OITS)ni tashxislash va davolash standartlari xalqaro me'yorlar va zamon talabiga mos ravishda yangilandi hamda endilikda amaliyotga joriy etiladi.
Bu bo'yicha keltirilgan tavsiyalar yuzasidan tibbiyot muassasalarida onlayn/oflayn o'quv seminarlari va mahorat darslari o'tkazilib, vazirlik tomonidan amaliy-uslubiy yordam ko'rsatiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari tasdiqlangan milliy klinik protokollar hamda tashxislash va davolash standartlarini barcha tibbiyot muassasalarida amaliyotga joriy etilishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, tasdiqlangan milliy klinik protokollar 2025/2026 o'quv yili davomida tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida, klinik ordinatura (rezidentura), shuningdek, malaka oshirish, mavzuli o'qitish va qayta tayyorlash bo'yicha o'quv dasturlariga kiritilgan holda ta'lim jarayoni tashkil qilinadi.
Eslatib o'tamiz: milliy klinik protokollar profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitasiya to'g'risidagi ilmiy dalillarga asoslangan ma'lumotlarni o'z ichiga olib, jumladan, kasallikning kechishi, asoratlari va birga keladigan xastaliklarning mavjudligini hisobga olgan holda tibbiyot xodimining harakatlari ketma-ketligini tavsiflaydi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
