Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi
2025-04-23 19:15:00 / Yangiliklar

Qarorga ko'ra:
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida tibbiyot ilmiy-innovasion tadqiqot instituti faoliyati yo'lga qo'yiladi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik liseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik liseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2 - va 3-son akademik liseylari etib qayta nomlanadi.
Ta'lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta'lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetentsiyalarga asoslangan tibbiy ta'lim dasturlarini joriy etish universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
