Bugundan qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar qabuli boshlandi
2023-12-20 12:40:00 / Yangiliklar

Davlat Otmlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o'qishni ko'chirsa bo'ladi.
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta'lim muassasasiga o'qishini ko'chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o'zgargan taqdirda uning turmush o'rtog'i yoki voyaga etmagan farzandi o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20 yanvargacha taqdim etiladi:
o'qishni ko'chirish bo'yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to'ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma'lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo'lsa etarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
