Ko'z mikroxirurgiyasi: Joylarda 13 ta yangi davolash usuli yo'lga qo'yiladi
2025-02-04 11:00:00 / Yangiliklar

Shunga qaramay, oftalmologlarimiz izlanishdan to'xtagani yo'q. Yangi davolash va diagnostika usullari, innovasion texnologiyalarni o'zlashtirish uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinyapti.
Bu borada Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan joriy yilda qator ustuvor chora-tadbirlar belgilangan.
— Asosiy diqqat-e'tiborimizni hududlarga qaratyapmiz, — deydi muassasa direktori Azamat Yusupov. — Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tumanlar darajasiga tushirish ustuvor maqsadlarimizdan biri.
Bu yil hududiy tibbiyot muassasalarida ko'z mikroxirurgiyasi yo'nalshida 4 ta yangi diagnostika va 13 ta davolash usulini amaliyotga tatbiq qilishni rejalashtirganmiz.
Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy viloyati va Toshkent shahrida optik kogerent tomografiya (okt) tashxislash texnologiyasi joriy qilinadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida optik biometriya diagnostika usulini yo'lga qo'yamiz.
Samarqand viloyatida esa ko'z kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni keratotopografiya usulida tekshirish o'zlashtiriladi.
Andijon va Farg'ona viloyatlarida kompyuter perimetriya usuli amaliyotga kiritiladi.
O'z navbatida, joylarda muolaja turlari ham ko'paytiriladi. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida transskleral tsiklofotokoagulyasiya amaliyotini joriy etamiz.
Navoiy va Andijon viloyatlarida Gavhar murakkab kasalliklari va anomaliyalarida intrakapsulyar halqa qo'yish va Iolni skleraga tikish usulini o'zlashtiriladi.
Andijon va Farg'ona viloyatlarida Gavhar murakkab kasalliklari hamda anomaliyalarida intrakapsulyar halqa qo'yish va Iris retraktorlardan foydalanishga kirishamiz.
Qashqadaryo viloyatida yuqori darajali miopiya kasalligida katarakta fakoemulsifikasiyasi IOL implantasiyasi bilan jarrohlik amaliyoti o'tkazila boshlaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida refraktsion (miopiya, astigmatizm) kasalliklarda premial sun'iy Gavhar (mono torik, multifokal) implantasiyasi tatbiq etiladi.
Ayni paytda marakazimiz mutaxassislari tomonidan bu borada joylarda amaliy ishlarga kirishilgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
