Asosiy kontentga o'tish

Naeb operasiya: bolalar milliy tibbiyot markazi ilk bor jigar transplantasiyasi amalga oshirildi

2024-12-26 12:05:00 / Yangiliklar

Keyingi yillarda yurtimizda tibbiyotning yangi yo'nalishi hisoblangan inson tana a'zolari transplantasiyasi sohasida ham ko'plab yutuqlar qo'lga kiritilmoqda.

Masalan, bir paytlar faqat ilg'or xorijiy davlatlardagina bajarilgan bo'yrak ko'chirib o'tkazish amaliyoti hozirgi kunda yurtimizning chekka va olis tumanlarida ham o'tkazilyapti.

Endi esa jigar transplantasiyasi borasida katta tajriba to'planyapti. Buni bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarilgani misolida ham ko'rish mumkin.

Aytish joizki, jigar transplantasiyasi — o'ta noyob operasiya. Ayniqsa, uni bolalarda o'tkazish juda murakkab hisoblanadi.  

Ushbu yuqori texnologik amaliyot markaz jarroh va transplantologlari hamda Moskvadagi akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantasiya va sun'iy organlar markazi etakchi mutaxassislari hamkorligida bajarildi.

Natijada surunkali jigar etishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qo'yilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forig'bo'ldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi, boshqacha aytganda, ota o'z o'g'liga ikkinchi umr bag'ishladi.

Hozir bemorning ahvoli yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi 
Matbuot xizmati.

686

Oxirgi yangilanish: 2024-12-26 12:10:01

Naeb operasiya: bolalar milliy tibbiyot markazi ilk bor jigar transplantasiyasi amalga oshirildi