Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi yurtimizda O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasi xodimlari kuni etib belgilangan
2024-11-09 15:15:00 / Yangiliklar

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o'z hayotini inson salomatligini asrashdek olijanob ishga bag'ishlab kelayotgan tibbiyot xodimlariga tabrigi o'qib eshittildi.
Qutlovda yangi O'zbekiston erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasi e'tirof etilib, keyingi yillarda amalga oshirayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli sog'liqni saqlash tizimida yuz berayotgan tub o'zgarishlar qayd etilgan. Tibbiyotni yanada xalqchil sohaga aylantirish, odamlarni ushbu tizimdan rozi qilish masalasi doimo davlatimiz e'tibori markazida bo'lishi ta'kidlangan.
Shuningdek, kuni kecha Prezidentimiz farmoni bilan ibratli faoliyati uchun soha xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Bugungi tadbirda ushbu yuksak mukofotlar Toshkent shahri hokimi Sh.Umurzoqov va sog'liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.Xudayarov tomonidan o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.









