Toşkent tibbiyotga oid yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi
2026-11-26 15:50:00 / Yangiliklar

Ta’kidlaş joiz, MDH taşkil etilganining 35 yilligi nişonlanayotgan 2026-yil Hamdöstlikda "Salomatlikni muhofaza qiliş yili" deb e’lon qilingan. Joriy yil Kengaşga Özbekiston raislik qilmoqda.
Yiğilişda a’zo davlatlarning soğliqni saqlaş vazirlari va ularning örinbosarlari, MDH Ijroiya qömitasi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi mas’ullari, şuningdek, sohaning yetakçi ekspertlari iştirok etişi kutilmoqda.
Tadbir doirasida "Salomatlikni muhofaza qiliş yili" doirasida amalga oşirilgan işlar hamda Özbekistonning Kengaşga raisligi yakunlari sarhisob qilinadi. Şuningdek, Hamdöstlik mamlakatlarining tibbiyot sohasida erişgan yutuqlari taqdim etilib, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olinadi.
Uçraşuv kun tartibidan "MDHga a’zo davlatlar aholisi salomatligi" strategiyasini yangilaş, yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklarning oldini oliş hamda davolaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, yuqori texnologik tibbiyotni rivojlantiriş, sohani raqamlaştiriş, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni mustahkamlaş kabi dolzarb masalalar ham örin olgan.
Şu kunning özida 2026–2030-yillarda Markaziy Osiyoda salomatlik va farovonlikni ta’minlaş böyiça ikkinçi "yöl xaritasi"ni imzolaş marosimi ham bölib ötadi.
JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi kömagida mintaqaning beş davlati tomonidan işlab çiqilgan mazkur hujjat qöşma taşabbuslarni amaliyotga tatbiq etiş va investitsiyalarni jalb qiliş orqali mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini mustahkamlaş, iqlim özgarişining inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytiriş, onalar, bolalar va ösmirlar salomatligini muhofaza qiliş, yuqumli bölmagan kasalliklarga qarşi kuraşiş hamda ruhiy salomatlikni asraş hujjatning ustuvor yönalişlari sifatida belgilangan.
SSV Matbuot xizmati
