Poytaxtimizda Özbekiston allergologlari va klinik immunologlarining VI xalqaro kongressi bölib ötmoqda.
2026-11-20 11:55:00 / Yangiliklar
Tadbirda Özbekiston, Rossiya, Turkiya, Avstriya, Belarus, Qozoğiston kabi davlatlardan yetakçi olimlar, allergolog-immunologlar hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari iştirok etyapti.

Sözga çiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi öz faoliyatini xalqaro standartlarga uyğunlaştirişga erişdi. Ya’ni ötgan yili muassasaga ISO 7101:2023 xalqaro sifat sertifikati topşirildi. Bu yerda 1,5 million AQŞ dollari qiymatidagi xalqaro grant mablaği hisobiga referens-laboratoriya işga tuşirildi.
Anjuman kun tartibidan bronxial astma, allergik rinit, atopik dermatit, dori vositalariga allergik reaksiyalar, immunitet tanqisligi, allergik kasalliklarni molekulyar diagnostika qiliş hamda allergen-spetsifik immunoterapiyaning zamonaviy usullariga oid masalalar örin olgan.
Kongress ertaga ham öz işini davom ettiradi.
SSV Matbuot xizmati.








