O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANIGA 35 YIL TO‘LDI!
2024-10-21 18:10:00 / Yangiliklar
Barchangizni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ma’lumki, til – har bir millatning gʻururi, mustaqillik belgisi. Usiz Vatanning erki, millatning kelajagi yoʻq.
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino: “Tabibning kasalni davolashdagi uch tayanch quroli: soʻz, giyoh, tigʻ”, deya eʼtirof etgani bejiz emas, albatta.
Darhaqiqat, bemorni davolashda soʻzning oʻrni va ahamiyati beqiyos. Uni toʻgʻri qoʻllay bilgan shifokor kasallikning yarmini davolagan boʻladi.
Buyuk tariximiz va ajdodlarimizning merosi ham aynan ona tilimiz orqali bizgacha yetib kelgani har bir yurtdoshimizni toʻlqinlantirishi, tabiiy.
Bugun tilimizga Davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi. Unga hurmat va ehtirom koʻrsatish nafaqat bu sanani munosib nishonlash, balki uning sofligi va go'zalligini saqlash hamda kelajak avlodlarga qadar yetib borishiga oʻz hissamizni qoʻshish bilan namoyon boʻladi.
Sizlarni ushbu shukuhli bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sogʻliq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
