Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilganiga 50 yil to'ldi
2024-10-18 19:10:00 / Yangiliklar
Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizda tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Unda Prezidentimizning markaz jamoasiga tabrigi o'qib eshittirildi.
Shuningdek, muassasaning bir guruh fidoyi xodimlari davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada ushbu tadbir tafsilotlari haqida batafsil so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
