Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida ayrim bemorlarning devorlarni tozalanayotgani aks etgan video tarqaldi
2026-11-12 17:50:00 / Yangiliklar
Ushbu holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi joriy yilning mart oyidan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga asab tizimi, ortopediya, nafas yo‘llari hamda oshqozon-ichak kasalliklari bo‘yicha reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
Shifo maskani ichki tartibiga muvofiq, bemorlarda har kuni ertalabki yuvintirish, tana haroratini o‘lchash va boshqa zarur muolajalar o‘tkaziladi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, joriy yil 11-noyabr kuni bo‘lim xo‘jalik bekasi M.A. ertalab soat 07:20 da ishga kelib, tozalik nazorati chog‘ida yo‘lak devorlarida oyoq izlari qolganini ko‘rgan. Shundan so‘ng bu holatga sababchi bo‘lgan bolalar devorlarni tozalash ishlariga jalb qilingan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlari yakunlariga ko‘ra, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz.
SSV Matbuot xizmati.
