SSV: Vazir samoda jasorat ko‘rsatgan shifokorni taqdirladi
2026-11-07 11:00:00 / Yangiliklar
Shu yil 13-oktabr kuni o‘zbekistonlik shifokor Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyot bortida og‘ir shok holatiga tushib qolgan ayolning hayotini saqlab qolgani haqida xabar bergandik.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda bir guruh soha fidoyilari qatorida ushbu voqea qahramoni — Samarqand shahridagi xususiy klinika rahbari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti izlanuvchisi, tajribali otorinolaringolog Hasan Kamilovga ham “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni topshirildi.
SSV Matbuot xizmati.
