Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi davom etmoqda.
2026-10-21 18:00:00 / Yangiliklar
Tadbirda Ozarbayjonning Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova, Qirg‘iz Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov hamda Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda so‘zga chiqdi.
Shuningdek, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi vakili Natasha Azzopardi-Muskat, AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi direktori Karlos Rodriges-Galindo, Dana-Farber saraton instituti dasturlari direktori Lesli Lemann, Xalqaro bolalar onkologiyasi jamiyati (SIOP) bosh kotibi Rejin Kebudi va boshqalar o‘z chiqishlarida sohadagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.
Ayni paytda ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda bemorlarning nafaqat sog‘ayishi, balki to‘laqonli hayot kechirishi uchun reabilitatsiya, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’limni davom ettirish hamda oilalarga ko‘maklashish kabi masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashmoqda.
Xalqaro kongress ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.
SSV Matbuot xizmati.
