Nobel mukofotining bu yilgi sovrindorlari e’lon qilindi
2026-10-05 16:20:00 / Yangiliklar
Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2026-yilgi sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi.

Ular soni — uch nafar. Biri — AQSH olimi Karl Deisseroth, ikki nafari esa germaniyalik tadqiqotchilar Peter Hegemann va Georg Nagel.
Olimlar yorug‘lik bilan boshqariladigan ion kanallari hamda tirik miyada xotira, hissiyot va xatti-harakatlarni boshqaruvchi nerv hujayralarini o‘rganish imkonini beruvchi optogenetika usuli bo‘yicha kashfiyotlari uchun mukofotga loyiq deb topildi.
