Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Ziyayev Yahyo Pazlitdinovich Toshkent shahar hududlararo xospisi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi
2026-09-07 09:30:00 / Yangiliklar
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Ziyayev Yahyo Pazlitdinovich Toshkent shahar hududlararo xospisi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Y. Ziyayev 2012-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Andijon viloyat onkologiya dispanseri shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimi, xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, bemorlar kompleks diagnostikasi va davolash bo‘limi shifokori kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Y. Ziyayev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi palliativ davo bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
SSV Matbuot xizmati.
