Raqamli tibbiyot: Qancha dorixona “Elektron retsept” tizimida ishlayapti?
2026-09-04 11:00:00 / Yangiliklar

Joriy etish muddatlari:
2025-yil 10-dekabrdan Toshkent shahri hamda tajriba-sinov tariqasida belgilangan 15 ta tuman (shahar)da amaliyotga kiritildi.
2027-yil 1-yanvardan yurtimizning qolgan hududlarida ham to‘liq joriy etiladi.
Ishlash tartibi:
Shifokor bemor uchun “Elektron retsept” moduli orqali QR-kodli elektron retseptni shakllantiradi va u avtomatik tarzda dorixonalarning axborot tizimiga uzatiladi.
Elektron retseptni soxtalashtirib bo‘lmaydi. Chunki, shifokor, klinika va dorixona ma’lumotlari avtomatik tarzda qayd etib boriladi.
“Elektron retsept” moduli hozirga qadar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot tizimi hamda Soliq qo‘mitasi Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi bilan integratsiya qilindi.
Shuningdek, ushbu modul dorixonalardagi 40 ga yaqin axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.
Natijada bugun yurtimizdagi 11 mingdan ziyod dorixonalar “Elektron retsept” tizimi asosida faoliyat olib bormoqda.
Bu nima berdi?
Dori vositalarini tayinlash tizimli nazoratga olindi.
Antibiotiklarni ko‘rsatmasiz sotish barham topyapti.
Umuman, bu modul tufayli qog‘oz shaklidagi retsept, shifokor qabuliga uzundan uzoq navbat va ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda boshqa noxush holatlar tarixga aylanmoqda.
SSV Matbuot xizmati.
