O‘zbekistonda bemorga bir vaqtning o‘zida jigar va buyrak ko‘chirib o‘tkazildi
2026-08-30 15:00:00 / Yangiliklar
Murakkab jarrohlik amaliyoti Milliy tibbiyot markazida o‘tkazildi. Operatsiya jigar sirrozi va surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidan aziyat chekkan, to‘rt yil davomida gemodializ olgan bemorda bajarildi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday holatda faqat jigar yoki faqat buyrakni ko‘chirib o‘tkazish yetarli natija bermasligi mumkin. Shu sababli ikkala organni bir vaqtning o‘zida transplantatsiya qilish bemorning hayotini saqlab qolish imkonini beradigan yagona yechim sifatida ko‘rildi.
Yuqoridagi videolvhada ushbu jarayon tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi.
