SSV: Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi
2026-08-29 09:45:00 / Yangiliklar

Sh. Haydarov 2016-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2016–2018-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining klinik ordinaturasida tahsil olgan.
U faoliyati davomida shoshilinch tibbiy yordam hamda anesteziologiya-reanimatologiya yo‘nalishlarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qildi. Jumladan, 2018–2024-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida anesteziolog-reanimatolog bo‘lib faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Sh. Haydarov shu markazda bo‘lim mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
________________
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Bobojonov Azizbek Abduahat o‘g‘li Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali direktori etib tayinlandi.
A. Bobojonov 2015-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Buxoro tibbiyot kollejida bo‘lim mudiri sifatida boshlab, keyinchalik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shifokori vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar A. Bobojonov Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir muddan oldin Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ham yangi rahbar tayinlangan edi.
SSV Matbuot xizmati.

